So’nggi yangiliklar

11:39Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин бошлади: олдинда Черногория ва Венгрия билан ўйинлар бор  1 11:00"Милан" футболчиси фаолиятини Саудия Арабистонида давом эттиради  0 10:31Холанд автобусдан тушаётганда жароҳат олди  4 10:05Уругвай терма жамоаси аъзоси "Неом"га ўтмоқда  0 09:37Гвардиола "Ман Сити"дан қайси футболчининг кетганидан афсусда эканлигини айтди  1 09:12Лига "Локомотив" стадионидаги қурилиш ишлари билан танишди  0 08:41Эржан Токотаев: “Ўзимни анча яхши ҳис қиляпман”  1 08:08Бугун финал!  9 07:40ФИФА президенти юртимизга етиб келди  14 07:18ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Белгия Қозоғистонни, Испания Туркияни "янчиб" ташлади  11 00:17Амир Ғалинои: "CAFA'да қатнашмаслик ҳақида хат ёздик, лекин шартларимиз қабул қилинмади"  25 23:40Мемфис Депай Нидерландия терма жамоаси тарихида энг яхши тўпурарга айланди  5 23:12ЖЧ-2026 саралаш босқичи. Нидерландияда қийин ғалаба, Грузия Болгариядан устун келди  1 22:23Ўртоқлик учрашуви. Россия меҳмонда Қатардан устун келди  14 22:00Ҳаким Зиеш "Севилья"га ўтиши мумкин  1

"O'zbekiston raqibdan yaxshiroq o'ynab turib, gollar o'tkazib yubordi" - Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi O'zbekistonning mundialdagi ishtiroki haqida Yangiliklar

"O'zbekiston raqibdan yaxshiroq o'ynab turib, gollar o'tkazib yubordi" - Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi O'zbekistonning mundialdagi ishtiroki haqida

Portugaliya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Jorje Braz pley-off bosqichi startidan avval saytimizga kichik intervyu berdi.

"Guruh bosqichini g'olib jamoa sifatida yakunlab oldik. Jahon chempionatida o'yindan o'yinga kuchayib borish juda muhim. Biz o'z yo'limizda davom etishimiz kerak. Pley-offdagi dastlabki raqibimiz Qozog'iston terma jamoasi aqlli va samarali futzal bo'yicha dunyoda etakchi. Ular juda ham aqlli. Qozog'iston dunyodagi eng yaxshi shakllangan jamoalardan biri. Bosh murabbiy Rikardo Kaka esa shunchaki daho", - deya fikr bildirdi Jorje Braz.


SHuningdek, bosh murabbiyi O'zbekiston terma jamoasining mundialdagi ishtiroki bo'yicha o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'zbekiston kuchli jamoa ekanligini isbotlay oldi. Sizlar hozir natijadan aniq xafasizlar, ammo terma jamoangiz o'yinni tashkil etishda va o'yin davomida tezkor o'zgarishlar qila olishi bilan meni hayron qoldirdi. Jahon chempionatida har bir detallar muhim rol o'ynaydi. Bilasizmi, terma jamoangiz yaxshi o'ynaydi, to'pga egalik qiladi, xavfli vaziyatlar yaratadi, biroq qarshi hujumda gol o'tkazib yuboradi. Ushbu scenariy guruh bosqichining barcha uchrashuvlarida takrorlandi. Darvozabon ham bir nechta xatolarga yo'l qo'ydi. Bunday alamli gollar o'tkazib yuborgandan keyin o'yinga qaytish oson emas. Ruhiyat ham o'z tasirini o'tkazgan. To'g'ri, mundialdagi natija yaxshi bo'lmagandir, ammo mamlakatingizda futzal o'sib bormoqda. SHunday davom etinglar, biz guruhda qolib ketdik deb futzalni tashlab qo'ymanglar, iltimos. Keyingi Jahon chempionatiga qadar shunday rivojlanishda davom etishingizlarni  tilab qolaman", - dedi Portugaliya terma jamoasi ustozi.


Eslatib o'tamiz, amaldagi Jahon chempionlari 1/8 final bosqichida Qozog'iston terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 26 sentyabr kuni Andijon shahrida soat 20:00da start oladi.


Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика