So’nggi yangiliklar

14:58Championat.asia ва Transfermarkt август ойнинг энг яхшиларини аниқлади  3 14:39"Ҳумо Арена" тарихда илк бор футзал баҳсига мезбонлик қилди. Ўзбекистон – Бразилия тўқнашувидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:20Қирғиз Республикаси устози: "Эртага Ўзбекистон терма жамоасини ҳайрон қолдира оламиз"  11 13:48Сречко Канатец: "Фақат югураверишнинг фойдаси йўқ, ақлни ҳам ишлатиш керак"  10 13:23Шомуродовнинг клубдоши фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  4 12:54Зидан "Манчестер Юнайтед" бошқарувига келиши мумкин  7 12:26"Барселона" собиқ хавбеки фаолиятига якун ясади  5 11:59Стивен Бергвейн: "Саудия Арабистонида рақобат Нидерландиядагидан юқорироқ"  5 11:32Лени Йоро "Реал"ни эмас, балки МЮни танлаганининг асл сабаби маълум бўлди  1 11:16Италия терма жамоаси ҳимоячиси Исроилга қарши ўйинда қатнашмайди  1 10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  6 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  9 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  9 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  6

Afrika jamoalari bilan oltinchi to'qnashuv Yangiliklar

Afrika jamoalari bilan oltinchi to'qnashuv

Xabaringiz bor, bugun Vadim Abramov murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Namanganda Ganaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Umuman olganda Afrika qitasi vakillariga qarshi to'p tepish biz uchun yangilik hisoblanmaydi. Qaysi manoda aytyapman, bunday jamoa bilan futbolchilarimiz ilk bor o'ynayotgani yo'q. Biroz bo'lsada ko'nikma shakllangan, deya olamiz. Deylik bunga qadar to'rt marotaba "qora qita" terma jamoalari bizni sinovdan o'tkazib ko'rishgan. Afrika terma jamoalari bilan umumiy statistikamiz quyidagicha ko'rinishga ega. 5ta o'yin. (Nigeriya 2:3, 0:1. Burkina-Faso 1:0, Senegal 1:1, Marokash 0:2). Mazkur bahslarda 3 mag'lubiyat, 1 durang, 1ta g'alaba  qayd etilgan.  To'plar nisbati: 4-6.

Quyida esa bu haqida batafsil malumot berib o'tamiz.

 1994 yilgi Osiyo o'yinlaridan so'ng yana katta sahnaga qaytgan terma jamoamiz 1995 yilning kuzida OFK vakillarining yordami bilan o'sha vaqtda urfga aylangan Afro-Osiyo millatlar kubogida Osiyo qitasi nomidan ishtirok etadi. Kichik turnirda Nigeriya terma jamoasiga qarshi ikkita o'yin bo'lib o'tgan edi. Akramovdan so'ng postni qabul qilib olgan Aleksand Ivankov yaxshi jamoa tuza olgandi, deyishimiz mumkin.

O'zbekiston terma jamoasi tarkibida bir yil oldigiga qaraganda nisbatan katta o'zgarishlarga qo'l urilgandi. Darvozaga chizig'iga Yuriy SHeykin emas balki, Oleg Belyakov va yosh Pavel Bugalo taklif etildi. Bugaloning terma libosidagi birinchi o'yini shu yillarga to'g'ri kelgan. SHuningdek Dilmurod Nazarov, Akmal Hoshimov, Andrey Zaxarov kabilar termadan taklif olgandi. Afrika futbolidan bexabar bo'lgan jamoamizni qanday uslubda o'ynashi ko'pchilikni qiziqtirardi.

Ilk uchrashuv "Paxtakor" stadionida o'tkazilgan va unda jamoamiz 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandi.  Gollarga Mirjalol Qosimov, Andrey Fyodorov mualliflik qilishgan. Ayniqsa Qosimovning jarima zarbasidan kiritgan goli stadionni larzaga keltirgandi. 


Afro-Osiyo kubogi.

O'zbekiston - Nigeriya 2:3

21.10.1995. "Paxtakor" markaziy stadioni, 56200 tomoshabin.

Gollar: Mirjalol Qosimov 76, Andrey Fyodrov 84 – Samson Siasia 7, Viktor Ipkeba 67, Nvankvo Kanu 79.

O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Zaxarov, Farhod Magometov, Andrey Fyodorov, Mirjalol Qosimov, Gennadiy Denisov (Dilmurod Nazarov, 55), Ilhom SHaripov, Abduqahhor Marufaliev (Ravshan Bozorov, 65), Sergey Lebedev (SHuhrat Maqsudov, 75), Igor SHkvirin, Azamat Abduraimov

Nigeriya: Agu Aloy; Eguavon Avgustin; Ipae Vasiu; Okafor Uche; Uest Taribo; Olise Sandey; Oruma Vilson (Kanu Nvanku, 60); Adepoju Mutiu; Ikpeba Viktor (Ojigve Karibe, 85); Siasia Samson; Amokachi Daniel

Uyda mag'lubiyatga uchragan vakillarimiz Nigeriya poytaxti Lagosdagi javob uchrashuvida juda yaxshi harakat qilib ortga kichik 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytadi. Yakunda "eng yaxshi darvozabon" deb ikkinchi bahsda muqarrar gollardan qutqarib qolgan va o'zini ko'rsatgan Pavel Bugalo elon qilinadi. Mirjalol Qosimov "eng yaxshi yarim himoyachi" deb etirof etilgan edi. 


Afro-Osiyo kubogi. Javob uchrashuvi.

Nigeriya - O'zbekiston 1:0

10.11.1995. Lagos. "Sulurere" stadioni, 60000 tomoshabin.

Bosh hakam: Sidi Magassa Bekae (Mali)

Gol: Emanuel Umunike, 82

Nigeriya: Aloy Agu, Avgustin Eguavon, Selestin Babayaro, Okafor Uche, Okechukvu Uche, Finidi Jorj, Adepoju Mutiu (Okocha Avgustin, 60), Olise Sandey, Ikpeba Viktor, Kanu Nvanku (Siasia Samson, 60), Amokachi Daniel (Amunike Emanuel, 46).

O'zbekiston: Pavel Bugulo, Andrey Zaxarov, Farhod Magometov, Ulug'bek Ro'zimov (Baxtiyor Namozov, 80), Akmal Xoshimov, Ilhom SHaripov, Ravshan Bozorov, Sergey Lebedev (Abduqahhor Marufaliev, 42), Azamat Abduraimov, Mirjalol Qosimov, SHuhrat Maqsudov (Dilmurod Nazarov, 46).


Afrika terma jamoalari bilan keyingi to'qnashuvimiz oradan 21 yil o'tib yuz berdi. Bu safar barcha narsa tubdan o'zgargan edi. Samvel Babayan murabbiyligidagi terma jamoamiz 2016 yilning avgust oyida Burkina-Faso terma jamoasini "Paxtakor" stadionida qabul qilishgan va Egor Krimecning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi. Mazkur g'alaba vakillarimizning Afrika qitasi terma jamoasi ustidan qozonilgan ilk g'alabasi edi. 

O'rtoqlik uchrashuvi.

O'zbekiston - Burkina-Faso 1:0

24.08. 2016. Toshkent. "Paxtakor" stadioni.  4500 tomoshabin.

Bosh hakam: SHerzod Qosimov

Gol: Egor Krimec, 40.

O'zbekiston:  Aleksandr Lobanov, Egor Krimec (Azim Ahmedov, 46), Anzur Ismoilov (Otabek SHukurov, 66), Stanislav Andreev, Aziz Haydarov, Jamshid Iskanderov (Salamat Qutiboev, 75), Igor Sergeev (Marat Bikmaev, 70), Davron Hoshimov, Jasur Hasanov (Zohid Abdullaev, 46), Javohir Sohibov, Eldor SHomurodov (Dostonbek Hamdamov, 74).
Zaxira: Eldorbek Suyunov, Aleksandr Merzlyakov, Ruslan Melziddinov, SHoxruz Norxonov.

Burkina-Faso:  1.Zongo Ayme, 4.Kayenbe Xernan (Armand Duedraogo, 65), 6.Zagre Ismael, 5.Tapsoba, 2.Yakuba Kulibali, 8.Barro Yussuf, 14.Amadu Ture (Suleymane Skande, 65), 10.Sibiri Sanou (Hamid Savadogo, 87), 7.Abdul Karim Baguian, 11.CHeyk Ibrahim (Razak Benin, 64), 12.Ismoil Lingani (Hassimi Barri, 49).
Zaxira: Bubakar Konate, Sulaymane Tapsoba, Fousseni Bero, Bande, .

CHetlatish: Aziz Haydarov 71

Terma jamoamiz 2018 yilning mart oyida FIFA kunlari doirasida Marokashning Kasablanka shahrida ikki haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazgan va bu yig'inlarda vakillarimizga o'rtoqlik o'yinlarida nomdor Marokash va Senegal termalari raqiblik qilgan edi. Aytib o'tish joiz bu ikki jamoa o'sha yili Rossiyadagi mundialda ham ishtirok etgan, biz ular uchun qaysidir manoda sparring raqib vazifasini ham o'taganmiz. Quyida ushbu o'yinlarning qaydnomalari bilan tanishamiz.

O'rtoqlik uchrashuvi.

23.03.2018. Kasablanka. "Muhammad V" stadioni. 2200 tomoshabin

Senegal - O'zbekiston 1:1

Hakamlar: Nuriddin Al-Jafariy, Yusuf Mabruk, Mustafo Akerkad, Samir Guezzaz (Marokash).

Gollar: Otabek SHukurov 21 penalti, - 0:1. Mussa Konate 63, - 1:1.

Senegal: 16.Pape Seydu Ndiaye, 21.Lamin Gassama (18.Ismoila Sarr, 80), 4.Fallu Diagne, 13.Alfred Ndiaye, 2.Papi Jilaboji, 11.SHeyk Ndoye, 24.Assane Diousee, 25.Santu Ngom (15.Diafra Sako, 85), 14.Mussa Konate, 19.Bay Umar Niasse (22.Anri Save, 66), 27.Pape Suare (28.Arman Traore, 75)

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Islom To'xtaxo'jaev, Akmal SHorahmedov, Odil Ahmedov, Odil Hamrobekov, Otabek SHukurov (Ikrom Aliboev, 68), Sardor Mirzaev (Jaloliddin Masharipov, 58), Eldor SHomurodov (Sardor Rashidov, 85), Temurxo'ja Abduxoliqov (Marat Bikmaev, 68).

Zaxira: Eldorbek Suyunov, SHuhrat Muhammadiev, Javohir Sidiqov, Botirali Ergashev, SHerzod Azamov, Rustam Ashurmatov.


Ikkinchi o'rtoqlik bahsi Erve Renar murabbiyligidagi Marokash terma jamoasiga qarshi o'tkazilgan. Unda hamyurtlarimiz 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchrashgandi. 

O'rtoqlik uchrashuvi. 

28.03.2018. Kasablanka. "Muhammad V" stadioni. 15000 tomoshabin

Bosh hakam: Ndiaye Maguette (Senegal)

Marokash - O'zbekiston 2:0  

Gollar: Ayub El Kaabi 3, - 1:0. Maruan Da Kosta 43, - 2:0.

Marokash: 12.Munir El Kajoui (22.Ahmad Tagnaouti, 46), 25.El Hajam Valid (27.Salohiddin Essaidi, 82), 4.Da Kosta Maruan, 6.Saiss Ganem (28.Nahiri Muhammad, 63), 2.Ashraf Hakimi, 21.Sofyan Amrabat, 11.Faysal Fajr, 18.Amin Xarit, 19.Yasin Bammou (7.Hakim Ziesh, 72), 15.Ayub El Kaabi (23.Volid Azaru, 62), 26.Zakariya Labyad (9.Sofyan Bufal, 46).

Zaxira: 23.Oualid Azaru, 24.Badr Benun, 8.Karim El Ahmadi, 17.Nabil Dirar, 16.Nuriddin Amrabat, 10.Yunus Belxanda, 14.Muborak Busuffa, 5.Mehdi Benatia, 13.Xolid Butaib, 20.Aziz Buxadduz,

O'zbekiston: 1.Eldorbek Suyunov, 14.SHuhrat Muhammadiev, 6.SHerzod Azamov, 3.Rustam Ashurmatov, 13.Oleg Zoteev (4.Akrom Komilov, 74), 18.Fozil Musaev (16.Odiljon Hamrobekov, 45), 22.Javohir Sidiqov (23.Eldor SHomurodov, 83), 8.Ikrom Aliboev (19.Otabek SHukurov, 68), 7.Sardor Rashidov (15.Jasur Yaxshiboev, 56), 17.Jaloliddin Masharipov, 10.Marat Bikmaev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 56)

Zaxira: 12.Ignatiy Nesterov, 21.Botirali Ergashev, 2.Akmal SHorahmedov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Odil Ahmedov, 20.Islom To'xtaxo'jaev

Terma jamoamizga bugungi bahsda omad va zafarlar tilab qolamiz.

Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика