O'zbekiston – Qatar uchrashuvini turkmanistonlik hakamlar boshqarishadi
16 okt 2018 11:07
Yangiliklar
O'zbekiston – Qatar uchrashuvini turkmanistonlik hakamlar boshqarishadi
Bugun, 16 oktyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Qatarga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Ushbu uchrashuvni turkmanistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam CHorimurod Qurbonov. Unga qanotlarda Axmet Beknazarov va Berdimamet Atdiev assistentlik qilishadi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati saytimizga malum qildi.
Eslatib o'tamiz, ushbu hakam 6 sentyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston - Suriya uchrashuvida ham ishlagandi.
O'rtoqlik uchrashuvi
O'zbekiston - Qatar
Soat 19:00, "Milliy" stadioni
Bosh hakam: CHorimurod Qurbonov (Turkmaniston)
Yon hakamlar: Axmet Beknazarov, Berdimamet Atdiev (Turkmaniston)
To'rtinchi hakam: Jasur Muxtorov (O'zbekiston)
Fikrlar