So’nggi yangiliklar

12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  0 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  32 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3

O'zbekiston qarshisida "qizil burgutlar" yoxud Suriya terma jamoasi haqida Yangiliklar

O'zbekiston qarshisida "qizil burgutlar" yoxud Suriya terma jamoasi haqida

Teglar :  SuriyaFajr Ibrohim
Bugun, 11 iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bir yil oldin Ektor Kuper O'zbekiston terma jamoasidagi ilk uchrashuvini aynan Suriyaga qarshi o'tkazgan edi. Biz o'quvchilarimiz etiboriga Suriya terma jamoasi va bosh murabbiy haqidagi malumotlarni keltiramiz.

Suriya Osiyoning kuchli terma jamoalari qatoriga kirmaydi. SHunga qaramay ushbu jamoa xalqaro maydonda bir qator yutuqlarga erishgan. 1958 yilda Suriya Jahon chempionati saralashida ishtirok etgan. SHu tariqa mundial saralashida qatnashgan Osiyoning dastlabki jamoalaridan biriga aylangan. Aslida bu jamoa 1966 yilgi mundial saralash bosqichida Isroil bilan birga Evropa qitasi saralashida ishtirok etishi lozim bo'lgan. Biroq Afrika va Osiyo qita jamoalarining "boykoti"ga qo'shilgan hamda saralashda qatnashishdan bosh tortgan.

Ushbu jamoaga hech qachon mundial final bosqichiga chiqish nasib qilmagan. 1986 yilda Suriya Jahon chempionatiga chiqishga juda yaqin kelgandi. Ammo Iroqdan uchralgan mag'lubiyat tufayli mamlakat orzusi amalga oshmay qolgandi. 2014 yilgi saralash bahslarida Suriya safida mumkin bo'lmagan futbolchi (Jorj Murod) harakat qilgani uchun FIFA jamoani diskvalifikaciya qilgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Bu o'yinchi SHveciya yoshlar terma jamoasi safida o'ynagan va boshqa jamoa safida o'ynashi uchun FIFAdan ruxsat olishi lozim bo'lgan.



"Qizil burgutlar" o'z tarixida olti bor Osiyo Kubogi final bosqichida ishtirok etgan. Biroq har safar musobaqani guruh bosqichidayoq yakunlashga majbur bo'lishgan. Yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo Kubogida Avstraliya, Iordaniya va Falastin bilan bir guruhdan joy olgan bo'lajak raqibimiz Falastin bilan durang o'ynadi, ikki marta mag'lub bo'ldi va 4-o'rinni band etdi.

2012 yilda Suriya G'arbiy Osiyo kubogi finalida Iroqni mag'lub etib, ilk bor chempionlikni qo'lga kiritgan. Hozirga qadar aynan mana shu g'oliblik jamoa uchun so'nggi eng yirik yutuq bo'lib qolmoqda.

2018 yilgi mundialga chiqish uchun ham Suriya juda yaqin kelgandi. Uchinchi saralash bosqichida ushbu jamoa O'zbekiston birga bir guruhdan joy olganini o'quvchilarimiz juda yaxshi eslashadi. Suriya oxirgi turda Eron bilan Tehronda durang o'ynab, 3-o'rinni egallagan va pley-offga chiqqandi. O'zbekiston esa 4-o'ringa tushib qolgandi. Pley-offda Suriya Avstraliya bilan tengma-teng o'yinlarda umumiy hisobda 2:3 hisobida yutqazib qo'ygan.

SHu yilning mart oyida Iroqda uch mamlakat terma jamoalari ishtirokida o'tgan o'rtoqlik musobqasida qatnashgan Suriya mezbonlarga 0:1 hisobida yutqazgan va Iordaniyani shu hisobda mag'lub etgan edi. Toshkentga kelishdan oldin "qizil burgutlar" Tehronda Eron mehmoni bo'lishdi. Yangi bosh murabbiy Mark Vilmots boshchiligidagi forslar Suriyani ayab o'tirishgani yo'q - 5:0.




SURIYA TERMA JAMOASI
Laqabi -
qizil burgutlar
Konfederaciya - OFK
Bosh murabbiy - Fajr Ibrohim (Suriya)
Sardor - Firas Al Xatib
Eng ko'p o'yin o'tkazgan - Musab Balxush (81)
Eng ko'p gol urgan - Raja Rafe (32)
Uy stadioni - "Aleppo" Xalqaro stadioni
FIFA kodi - SYR
FIFA reytingidagi o'rni - 83 (2019 yil 4 aprel)

Birinchi rasmiy o'yin
1949 yil 20 noyabr
Turkiya - Suriya 7:0

Eng yirik g'alaba

1997 yil 4 iyun
Suriya - Maldiv orollari 12:0

2001 yil 30 aprel

Suriya - Filippin 12:0

Eng yirik mag'lubiyati

1949 yil 25 noyabr
Greciya - Suriya 8:0

1951 yil 16 oktyabr
Misr - Suriya 8:0

Osiyo Kubogidagi ishtiroki - 6 marta (birinchisi 1980)
Eng yaxshi natijasi - guruh bosqichi (1980, 1984, 1988, 1996, 2011 va 2019)

Jahon chempionati final bosqichiga chiqmagan



Sovrinlari
G'arbiy Osiyo Futbol Federaciyasi chempionati
CHempion - 2012
Vice-chempion - 2000 va 2004

Arab millatlar kubogi
Vice-chempion - 1963, 1966, 1988

Pan-Arab o'yinlari
CHempion - 1957
Vice-chempion - 1953, 1997

O'rtaer dengizi o'yinlari
CHempion - 1987

G'arbiy Osiyo o'yinlari
Vice-chempion 1997, 2002 va 2005



FAJR IBROHIM (SURIYA)
Tug'ilgan sana:
22 iyun 1964 yil
Tug'ilgan joy: Damashq, Suriya
Futbolchilikdagi ampluasi: Himoyachi
O'ynagan klubi: "Al Vahda" (Damashq, Suriya).
Boshqargan jamoalari: Suriya MTJ, "Al SHorta", "Duhok", "Al Minaa", "Kelantan".

Qatardagi Osiyo Kubogining ikkinchi turidan keyin oldingi bosh murabbiy Bernd SHtange istefoga chiqarilgandi. So'nggi turda Fajr Ibrohim vaqtincha bosh murabbiy sifatida ishlagan edi. Mart oyi boshida Suriya futbol Associaciyasi Fajr Ibrohim terma jamoaga rasman bosh murabbiy bo'lganini elon qildi.

54 yoshli murabbiy futbolchilik faoliyatini faqat bitta klub safida o'tkazgani etiborga molik. 1979 yil Damashqning "Al Vahda" klubida o'ynay boshlagan Ibrohim 1996 yilda aynan shu klubda faoliyatini yakunlagan. Bu jamoa safida Suriya Kubogi va Superkubogini qo'lga kiritgan. 1986 yil Suriya ligasida eng yaxshi chap qanot himoyachisi deb topilgan edi.

Murabbiy bunga qadar turli yillarda 3 marta Suriya milliy terma jamoasini boshqargan. Ibrohim 2012 yil "Al SHorta" bilan birga Suriya chempioni bo'lgan.


O'ZARO O'YINLAR

O'zbekiston terma jamoasi shu kunga qadar Suriya bilan 4 marta to'qnash kelgan. Ikki bor Suriya, bir bor O'zbekiston g'alaba qozongan. Bir marta durang qayd etilgan. Dastlabki uchrashuv 1996 yil BAA mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. O'shanda Suriya 2:1 hisobida zafar quchgan, biroq ikkala jamoa ham guruhda qolib ketgandi. Bizdan yagona golni "Neftchi" afsonasi Sergey Lebedev penaltidan urgandi.

Navbatdagi ikki o'yinni ko'pchilik yaxshi eslaydi. JCH-2018 saralashi doirasida dastlab Toshkentda o'tgan bahsda vakillarimiz Aleksandr Geynrixning urgan yagona goli evaziga g'alaba qozonishgan - 1:0. Suriyadagi siyosiy vaziyat tufayli Malayziyada tashkil etilgan uchrashuvda esa Suriya so'nggi daqiqalarda Omar Xarbin tomonidan penaltidan urgan goli tufayli zafar quchishgan - 1:0.

O'tgan yil Toshkentda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgan. Bizdan Marat Bikmaev penaltidan gol urib hisobni ochgandi. Bunga Omar Al Soma javob bergan edi.



Suriya terma jamoasining O'zbekiston bilan o'yin uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar
Ibrohim Alma ("Al Vahda")
Ahmad Madania ("Al Jayish")
Xolid Xoj Otman ("Damak", Saudiya Arabistoni)

Himoyachilar
Moyayad Ajan ("Al Quva Al Javiya", Iroq)
Alaa Al SHbli ("Al Najaf", Iroq)
Omar Midani ("Piramids", Misr)
Amro Jenyat ("Al SHabab", Ummon)
Abdul Malik Anizan ("Al Jayish")
Ahmad Dib (klubsiz)
SHoaib Al Ali ("Al Vahda")

Yarim himoyachilar

Mahmud Al Movas ("Umm Salal", Qatar)
Xolid Al Mobayed ("Al Vahda")
Tamir Xoj Muhammad ("Ohod", Saudiya Arabistoni)
Hamid Mido ("Al Kuvayt", Kuvayt)
Ahmad Ashkar ("Al Jayish")
Muhammad Marmur ("Tishrin")
Ahmad Al Ahmad ("Damak", Saudiya Arabistoni)

Hujumchilar
Firas Al Xatib ("Al Salmiya", Kuvayt)
Muhammad Al Vakid ("Al Jayish")

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика