O'zbekiston OTJning Keniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun tarkibi malum bo'ldi
19 mar 2018 10:55
Yangiliklar
O'zbekiston OTJning Keniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun tarkibi malum bo'ldi
Ravshan Haydarov boshchiligidagi terma jamoa oldiga Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli qatnashish vazifasi qo'yilgan.
Bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish maqsadida O'zbekiston OTJ uchun 23 va 26 mart kunlari Keniya terma jamoasiga qarshi yurtimizda 2ta o'rtoqlik o'yini tashkil qilinishi haqida avval xabar berib o'tgandik.
Mazkur o'yinlarga Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov quyidagi futbolchilarni chaqirgan:
Darvozabonlar:
Dilshod Hamroev (“So'g'diyona”)
Rahimjon Davronov (“Mashal”)
Umidjon Ergashev (“Nasaf”)
Himoyachilar:
Doston Tursunov (“Neftchi”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Husniddin G'ofurov (“Neftchi”)
Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”)
Abbos Otaxonov (“Metallurg”)
Avaz Mamatxo'jaev (“Qo'qon-1912”)
Abdujamol Isroilov (“Neftchi”)
Yarim himoyachilar:
SHarof Muhitdinov (“Nasaf”)
Muhammadanas Hasanov (“Qo'qon-1912”)
Oston O'runov (“Navbahor”)
Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”)
Doston Hamdamov (“Anji”, Rossiya)
Azizjon G'aniev (“Nasaf”)
Islom Kenjaboev (“Nasaf”)
Suxrob Nurulloev (“Metallurg”)
Aziz Amanov (“Lokomotiv”)
Nurullo To'xtasinov (“So'g'diyona”)
Aziz Turg'unboev (“Navbahor”)
Hujumchilar:
Bobir Abdixoliqov (“Nasaf”)
Zabihullo O'rinboev (“Metallurg”)
Andrey Sidorov (“Qizilqum”)
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 20-21 mart kunlari Toshkentda yig'in o'tkazadi. Keyin esa Keniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etish uchun vodiyga yo'l oladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar