O'zbekiston OTJ Janubiy Koreya bilan o'yinni oq rangli formada o'tkazadi
11 okt 2019 09:50
Yangiliklar
O'zbekiston OTJ Janubiy Koreya bilan o'yinni oq rangli formada o'tkazadi
Bilasiz, bugun O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada o'tayotgan yig'in doirasida koreyalik tengqurlariga qarshi dastlabki o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.
Uchrashuv Xvason shahrida joylashgan Hwaseong Sports Complex o'yingohida bo'lib o'tadi. Qayd etish joiz, mazkur stadion kecha Jahon chempionati-2022 saralashi doirasidagi Janubiy Koreya – SHri Lanka milliy terma jamoalari o'rtasidagi 8:0 hisobida yakunlangan uchrashuvga ham mezbonlik qildi.
Janubiy Koreya – O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yin bugun mahalliy vaqt bilan 20:35da, Toshkent vaqti bilan esa soat 16:35da boshlanadi.
Mazkur uchrashuvda vakillarimiz oq rangli sport formalarida harakat qilishadi. Koreyalik futbolchilar esa qizil-qora-qizil rangdagi liboslarda maydonga tushishadi.
O’xshash yangiliklar
22:18
Superliga. "Navbahor" – "Paxtakor" va 24-turning boshqa uchrashuvlarida qaysi hakamlar ishlashi aniq 9
Fikrlar