So’nggi yangiliklar

17:53Ислом Исмоилов: "Чили ва Боливия билан ўйинлар жуда керакли тажриба бўлди"  5 17:50Мавсумдаги энг яхши ўртача томошабинлар рейтинги эълон қилинди, Жанубий Америка етакчи, "Барселона" 35-ўринда  3 17:30"ФарДУ" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 17:10"Бавария" "Барселона"дан Нико Уильямсни илиб кетишга тайёрланмоқда  2 16:02"Реал" ярим ҳимоячиси Алонсо билан келишмовчилик сабаб клубдан кетиши мумкин  12 15:25"Ливерпуль" Конате билан янги шартнома бўйича келишувга эриша олмаяпти, футболчига "Реал" қизиқиш билдирмоқда  1 14:55Левандовски 2026 йилнинг ёзида Саудия Арабистонига ўтиши мумкин  8 14:30Вирцнинг "Ливерпул"га мега трансфери! Нима учун инглизлар шунча пулдан воз кечишга қарор қилишди?  1 14:20ОКМК 6 йилдан буён Намангандан ғалабасиз қайтмоқда. Лушчан ва Қосимов дуэлида ким ғолиб чиқади?  8 13:58"Ал Иттиҳод" Погба учун курашга киришди  4 13:37Учрашувнинг сўнгги қисми жанжалга айланиб кетган "Нефтчи" - "Бухоро" баҳсидан ГАЛEРEЯ  3 12:25"Интер" Маркус Рэшфордни нишонга олди  3 11:47А Серия клуби Антони билан шартнома имзолашга уринди. Аммо, у Испанияга қайтишни хоҳламоқда  1 11:20"Манчестер Сити" ўйинчиси янги клуби билан келишувга эришди  1 10:51Поль Погба “Монако“га ўтмайди. Унинг режалари ўзгарди  4

O'zbekiston OTJ ilk uchrashuvdagi hakamlik borasida OFKga murojaat qildi Yangiliklar

O'zbekiston OTJ ilk uchrashuvdagi hakamlik borasida OFKga murojaat qildi

Teglar :  O'zbekiston OTJ
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi delegaciyasi Osiyo Futbol Konfederaciyasiga murojaat qilib, Koreya-O'zbekiston o'yini bosh hakami Fahad al-Mirdasiyni ushbu Osiyo chempionatida O'zbekiston ishtirokidagi o'yinlarga tayinlamaslikni so'radi.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi rahbariyati saudiyalik hakam Fahad al-Mirdasiy bir qancha epizodlarda o'yin natijasiga tasir ko'rsatgan qarorlar qabul qilgan deb hisoblaydi. 

“Hakamning qarorlari tahlil qilinmaydi va biz buni juda yaxshi tushunamiz. Ammo, o'yindagi bir qancha vaziyatlarda hakam noto'g'ri qarorlari bilan o'yin natijasiga tasir qildi”, - deyiladi OFKga yuborilgan murojaatnomada.

SHu bilan birga olimpiya terma jamoasi o'zbekistonlik ishqibozlarning hakamlik darajasi haqidagi norozilik kayfiyatidagi fikr-mulohazalaridan ham xabardor ekanligini bildirib, yuzaga kelgan murakkab vaziyatni o'nglashga urinish maqsadida OFKga murojaat qilishga majbur bo'lganligini yozadi.

“OFK va ushbu musobaqaning o'zbekistonlik ishqibozlar orasidagi nufuziga putur etkazmaslik, hakamlik mavzusiga boshqa qaytmaslik, shundoq ham murakkab vaziyatni yanada murakkablashtirmaslik maqsadida, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi delegaciyasi sizdan vaziyatga to'g'ri baho berishingizni hamda Fahad al-Mirdasiyni O'zbekiston olimpiya terma jamoasining ushbu turnirdagi keyingi o'yinlariga hakam qilib tayinlamasligingizni so'raydi”, - deb tugatiladi murojaatnoma.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida “S” guruhida Koreya, Iroq va Yaman terma jamoalari bilan kurashga kirishgan.

Guruhning birinchi turida Koreyaga qarshi maydonga tushgan o'zbekistonlik olimpiyachilar 1-2 hisobida mag'lubiyatga uchragan. Uchrashuvni Saudiya Arabistonidan Fahad al-Mirdasiy boshqargan.

O'yindan keyingi matbuot anjumanida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning hakamlik haqidagi savollariga javob berar ekan, bu haqida gapirishni istamasligini, o'yinni butun Osiyo ko'rganligini va ko'rganlar fikr bildirishini aytgan.

“Yomon o'ynamadik, lekin kutgan natijamizga erisholmadik. Bu mag'lubiyat uchun uyalmaymiz”, - degan Samvel Babayan.

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi guruhdagi ikkinchi uchrashuvini 16 yanvar kuni Iroqqa qarshi o'tkazadi. Koreya esa Yaman bilan o'ynaydi.

O'zbekiston Iroqqa qarshi o'yinda ko'k formada maydonga tushadi. O'yin Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика