So’nggi yangiliklar

16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2

O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasini nima kutayapti? Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar (U-16) terma jamoasini nima kutayapti?

2017 yili Osiyo chempionati saralash bahslarida uchralgan inqiroz va bizsiz o'tgan 2018 yilgi musobaqa, kuz faslida bo'lib o'tadigan Osiyo chempionati saralash bahslarida guruh o'yinlarining taqsimotida katta rol o'ynaydi.

Osiyo chempionati saralash o'yinlari ikkita zonada bo'lib o'tadi. SHarq va G'arb. Qura terma jamoalarni savatchalardagi o'rniga qarab tashlanadi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi uchun qiziq bo'ladigan zona quyidagicha ko'rinish olgan. Afg'oniston terma jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etib, eng so'nggi pog'onanini qo'lga kiritgan jamoa bo'lsada, 2-savatchadan joy olgan. Saudiya Arabistonidan boshlangan ro'yhat esa Osiyo chempionatiga chiqa olmagan terma jamoalarni saralash bosqichida ko'rsatgan natijalaridan kelib chiqib ketma-ketlikda joylashgan (rasmiy malumot emas, natijalardan kelib chiqib qo'yilgan). BAA terma jamoasi saralash o'yinlari Qatarda bo'lganligi bois siyosiy nizo tufayli unda ishtirok etmagan. SHunga bu musobaqa saralash o'yinlarida ular so'nggi savatchadan joy olishgan. Ulardan tashqari turkmanistonlik yoshlar ham saralash bahslariga bormaganlar.


Savatchalarga ko'z yugurtirar ekansiz, dastlabki ikki savatchadagi raqiblarni kuchli ekanligini ko'ramiz. 1-savatchadan Tojikiston, Eron va Hindiston terma jamoalarini kuchlilar qatoriga qo'shishimiz mumkin. 1997 yillarda tavallud topgan terma jamoamizga 2000-01 yillarda tavallud topgan hindlar qanday qarshilik ko'rsatganliklarini ko'rdik. Bu mamlakatda so'nggi yillarda bolalar futboliga berilgan katta etibor o'z mevasini bera boshladi. Ummon ham musobaqaninn doimiy ishtirokchisi va ular 2 marotaba Osiyo chempionligini nishonlaganlar.

Ikkinchi savatchada Afg'oniston va Bangladesh terma jamoalari o'rtamiyonalar qatorida bo'lishlari mumkin. Aynan Iordaniya terma jamoasi Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan saralash o'yinlarida bizni ortda qoldirib ketgan edilar. Iroq va Saudiya Arabistoni esa har doim bu yoshda saralash bahslarida muvaffaqiyatli qatnashganlar. Agar savatchalar shunday tartibda taqsimlanadigan bo'lsa Qatar va Suriya terma jamoalarini bizning guruhimizdan joy olmasliklari quvonarli hol bo'ladi. Lekin so'nggi savatcha egasi bo'lgan BAA terma jamoasi musobaqaga chiqish uchun asosiy favoritlardan biri ekanligini qayd etib o'tishimiz lozim.


1-savatcha.

1. Tojikiston

2. Ummon

3. Hindiston

4. Eron 

5. Yaman 

2-savatcha.

6. Iordaniya 

7. Iroq 

8. Afg'oniston

9. Saudiya Arabistoni

10. Bangladesh

3-savatcha.

11. O'zbekiston

12. Qirg'iziston

13. Suriya

14. Falastin

15. Qatar

4-savatcha.

16. Bahrayn

17. Livan

18. Falastin

19. Nepal

20. Butan

5-savatcha.

21. Maldiv

22. BAA

23. Turkmaniston

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining bugungi kundagi bosh murabbiyi - Azamat Abduraimov. Kuni kecha olgan malumotimga ko'ra, 2004 yillarda tavallud topgan futbolchilarni yoshligidan yaxshi biladigan yordamchisi Otabek Mansurov ("Lokomotiv" - 2004 murabbiyi) o'z istagiga ko'ra terma jamoadan ketgan va Abduraimov "Spartak" Toshkent - 2004 murabbiyi Sergey Arslanovni o'zi uchun yordamchi sifatida jalb qilgan. Kuz faslida bo'lib o'tadigan saralash o'yinlariga ko'p vaqt qolmadi. Ammo O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi hali o'zining optimal tarkibiga ega emas. Bunga asosiy sabab 2004 yillarda tavallud topgan jamoalar o'rtasidagi musobaqalarning yo'qligi. So'nggi marotaba 2018 yilning yozida "Paxtakor", "Bunyodkor", "Nasaf", "Lokomotiv" jamoalari o'rtasida musobaqa o'tkazilgandi. SHundan keyin bu yoshda Respublika musobaqasi tashkil qilindi, ammo unda BO'SM terma jamoalari qatnashgan bo'lib, unda klublarda tarbiya topayotgan futbolchilarni uchratmaysiz. Bu esa kuz faslida bo'lib o'tadigan saralash o'yinlarida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga juda qimmatga tushishi mumkin. Eng achinarlisi O'FAda ayni paytda o'smirlar va yoshlar terma jamoalari bilan tizimli shug'ullanadigan malakali mutaxassisning yo'qligi. Bu maqolani yozishdan asosiy maqsad ularni tanqid qilish emas, bor yo'g'i bitta fasl ajratib turgan saralash o'yinlariga jiddiy hozirlik ko'rishga undash. Qolaversa 2004 yillarda tug'ilgan yoshlar xalqaro musobaqalarda deyarli ishtirok etmaganliklari ham o'yin amaliyotiga jiddiy tasir o'tkazishi mumkin. Yodingizda bo'lsa O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi CAFA U-15 musobaqasida 2-o'rinni qo'lga kiritgan edi. So'nggi turda Afg'oniston bilan durang o'ynagan o'smirlarimiz Eronni chempion bo'lishiga zamin yaratgan edilar.


2020 yilgi o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati Singapurda bo'lib o'tadi. Mazkur mamlakat 2006 yilgi Osiyo chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi.


Saralash bahslaridagi asosiy qurol bu mezbonlik. Saralash bahslariga qura tashlash jarayonida 5ta guruhning o'z mezbonlari ham aniqlab olinadi. Aynan shu paytda O'FA o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini qanday qilib bo'lsa ham O'zbekistonga olib kelishi kerak bo'ladi. Raqiblar cikl sari kuchayib borayotgan bir paytda bu juda muhim.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика