So’nggi yangiliklar

16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  1 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0 12:20Аргентинада 18 ёшли футболчи тиззасидан операция қилинаётган вақтида вафот этди  0 11:52"Ғаройиб одамлар" фильми режиссёри "Брентфорд" эгаларидан бирига айланмоқчи  0 11:20Тареми Теҳронни тарк этди  3

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Maldivni yirik hisobda mag'lub etdi (to'liq sharh) Yangiliklar

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Maldivni yirik hisobda mag'lub etdi (to'liq sharh)

Teglar :  O'zbekiston U-16
O'n olti yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'ratsidagi Osiyo chempionati saralash bosqichi doirasida O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'zining dastlabki uchrashuvini o'tkazdi.

Saralash bosqichini “A” guruhida o'tkazayotgan Temur Olixo'jaev jamoasi Falastinning Ar-Ram shahridagi “Faysal al-Husayni” stadionida Maldiv orollariga qarshi maydonga chiqdi.

O'yinning dastlabki bo'limida O'zbekiston U16 ko'plab vaziyatlar yaratganiga qaramay, faqatgina birgina gol bilan kifoyalandi. Rasul Yo'ldoshev uchrashuvning 12-daqiqasida uzoq masofadan zarba berib, Ahmad Nisham qo'riqlayotgan Maldiv darvozasini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'limda esa o'zbekistonliklar vaziyatlardan foydalanishda ancha samaraliroq harakat qildi va o'yin yakunida tabloda 8:0 hisobi namoyish qilinishini taminladi. 50-daqiqada dastlabki gol muallifi Rasul Yo'ldoshev yana bir chiroyli zarba bilan hisobdagi farqni kattalashtirdi. O'n daqiqa o'tib, zahiradan maydonga tushgan Abdunozir Abdurahmonov hisobni yanada yiriklashtirdi. 62-daqiqada Islom Karimov jarima maydoni tashqarisidan ajoyib zarba bilan yana hisobning o'zgarishiga sababchi bo'ldi. 71-daqiqada Rasul Yo'ldoshev o'z xet-trigini nishonladi. Abdunozir Abdurag'monov oradan uch daqiqa o'tib navbatdagi golga mualliflik qildi. Jamoa sardori Abubakr Mo'ydinov ham o'z hisobiga bir gol yozib qo'ygach, Abdurahmonov yana bir gol urib, o'yinda xet-trikka erishgan ikkinchi futbolchi bo'ldi.

Guruhdagi ikkinchi o'yinda Yaman o'smirlar terma jamoasi Falastinni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Birinchi turdan so'ng O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi “A” guruhida etakchilik qilmoqda. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasining keyingi uchrashuvi 18 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da Falastinga qarshi bo'lib o'tadi.

U-16 Osiyo chempionati saralashi.

“A” guruhi, 1-tur.

O'zbekiston – Maldiv 8:0

Gollar: Rasul Yo'ldoshev (12, 50, 71), Abdunozir Abdurahmonov (60, 74, 86), Islom Karimov (62), Abubakr Mo'ydinov (83)

O'zbekiston U-16: 1. Xojiakbar Jo'raev, 2. Mardon Abdullaev, 3. Islom Karimov, 4. Ixtiyor Xoldorov, 5. Abubakr Mo'ydinov, 6. Oston O'runov, 7. Abdulhay Ismoilov, 8. SHuxrat Nematov (33. Ibrohim G'anixonov – 29 (32. Abdurahmonov Abdunozir – 53)), 10. Sobirjonov Asadbek (9. Bahromjon Soatov - 73), 23. Rasul Yo'ldoshov 50. Burxon Hasanov

Maldiv U-16: 1. Ahmad Nisham, 2. Ahmad Asham Adam, 3. Vaail Ali Hasan (4. Iyan Ahmad Rashid - 75), 8. Adam Yanish Odil, 9. Muhammad Yazdan Husayn (26. Muhammad Solih – 67), 10. Ahmad Firosh, 13. Nabi Muahmad, 16. Muhammad Anaf SHarif, 17. Muhammad Azan Hamid, 19. Ali SHaybon Muhammad, 20. Rishvon Ismoil (23. Imkon Ibrohim - 54)

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика