O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Ummonga qarshi ikkinchi o'yinni o'tkazadi
27 iyu 2016 10:49
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun Ummonga qarshi ikkinchi o'yinni o'tkazadi
O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi, bugun – 27 iyul kuni Ummon o'smirlariga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.
Toshkentdagi yig'in davomida Ummon o'smirlari bilan ikkita o'yin o'tkazish rejalashtirilgandi.
“Jar” stadionida, 25 iyul kuni bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda Temur Olimxo'jaev shogirdlari yirik – 4:1 hisobida g'alaba qozongan edi.
Bugun ham uchrashuv “Jar” stadionida o'tkaziladi va 18:00da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionatiga final bosqichiga tashlangan qura natijasiga ko'ra KXDR, Tailand hamda Yaman jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.
Olimxo'jaev shogirdlari turnirni 17 sentyabr kuni Tailandga qarshi o'yin bilan boshlaydi. 20 sentyabrda Yaman va 23 sentyabr kuni esa KXDRga qarshi maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar