O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun BATE tarbiyalanuvchilari bilan o'ynaydi
26 jan 2020 11:49
Yangiliklar
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi bugun BATE tarbiyalanuvchilari bilan o'ynaydi
SHu yilning sentyabr-oktyabr oylarida Bahraynda U-16 Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi mazkur musobaqaga tayyorgarlik doirasida bir qator xalqaro musobaqa va o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda.
Azamat Abduraimov jamoasi shu kunlarda Belarus poytaxti Minskda tashkil etilgan “Rivojlanish kubogi-2020”da ishtirok etdi.
O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ertaga Minsk yig'inini yakunlaydi. Yig'in doirasidagi oxirgi o'rtoqlik o'yini bugun BATE klubining 2003-2004 yillarda tug'ilgan futbolchilariga qarshi bo'lib o'tadi. So'ngra ertaga terma jamoamiz Toshkentga qaytib keladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar