O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 9-bor Osiyo chempionatida o'ynaydi
06 okt 2015 12:47
Yangiliklar


O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi 9-bor Osiyo chempionatida o'ynaydi
Jamoamiz Falastinda o'tgan saralash bahslarida Maldiv (8:0), Falastin (6:0) va Yaman (5:2) o'smirlarini mag'lub etib qita birinchiligiga chiqdi.
SHu tariqa, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi o'z tarixida to'qqizinchi bor U-16 Osiyo chempionatida ishtirok etadi. O'smirlarimiz ketma-ket beshinchi bor bu chempionatga yo'l olmoqda.
Bunga qadar U-16 jamoamiz 1994, 1996, 2002, 2004, 2008, 2010, 2012 va 2014 yilgi qita chempionatida qatnashgan. Malumot uchun, 2002 yil qitada to'rtinchi, 2010 yil ikkinchi bo'lganmiz. 2012 yil esa Eronda Osiyo chempioni bo'lgandik.
Eslatib o'tamiz, U-16 Osiyo chempionati 2016 yil sentyabr oyining ikkinchi yarmida Hindistonda bo'lib o'tadi.
Quyida keyingi yil Osiyo chempionatida ishtirok etadigan jamoalar nechinchi marta qita birinchiligiga chiqqani haqida malumot keltirilgan:
Yaponiya - 13
Janubiy Koreya - 12
KXDR - 10
Saudiya Arabistoni - 10
Eron - 10
Tailand - 10
Iroq - 9
Ummon - 9
O'zbekiston - 9
Hindiston - 7
BAA - 7
Vetnam - 7
Quvayt - 6
Avstraliya - 5
Malayziya - 5
Nepal - 4
O’xshash yangiliklar

Fikrlar