So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

O'zbekiston Osiyo Kubogi-2019 qurasida 3-savatchada bo'lishi mumkin Yangiliklar

O'zbekiston Osiyo Kubogi-2019 qurasida 3-savatchada bo'lishi mumkin

Bugun O'zbekiston terma jamoasi Marokash bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Ushbu o'yindagi natija biz uchun muhim ahamiyatga ega. Nega deysizmi? Sababi 4 may kuni Osiyo Kubogi-2019 final bosqichiga qura tashlanadi. Unda jamoalar FIFA reytingiga qarab savatchalarga ajratiladi. Ayni paytda O'zbekiston 72-o'rinda va ikkinchi savatchadamiz. Agar bugun biz Marokashga yutqazsak va Osiyo Kubogi-2019 saralashi doirasidagi Qirg'iziston - Hindiston uchrashuvida maydon egalari g'alaba qozonishsa O'zbekiston uchinchi savatchaga tushib qoladi.

Yani Marokashga yutqazsak keyingi oy FIFA reytingida katta ehtimol bilan kuchli 100talikni tark etamiz.

Ko'pchilik terma jamoalar nima uchun FIFA kunlarida bitta kuchli va bitta kuchsiz jamoa bilan o'ynashlari aynan shu bilan bog'liq. Yani jamoalar FIFA reytingidagi o'rnini yaxshilab turish uchun ham kuchsizroq raqib bilan o'ynab uni mag'lub etishga harakat qiladi.


Balki bu noshukurlikdek tuyulishi mumkin, ammo faqat kuchli jamoalar bilan o'ynayverish ham noto'g'ri ekan.

Masalan, Senegal O'zbekistondan so'ng Bosniya va Gercegovina bilan o'ynaydi. Marokash esa bizdan oldin kuchliroq bo'lgan Serbiya bilan kuch sinashdi. O'zbekiston yozgacha Eron va Urugvay bilan o'ynaydi. Yani bu jamoalar ham ayni paytda bizdan kuchli va reytingda yuqorida turgan jamoalar hisoblanadi.

Buning yana bir salbiy tomoni bor. Senegal bilan ham, Marokash bilan ham O'zbekiston ikkinchi raqam ostida o'ynaydi. Sababi raqiblar kuchli va biz pressing ostida o'ynaymiz. Osiyo Kubogiga mana shunday kuchli raqiblar bilan o'ynayverib tayyorgarlik ko'rsak ertaga qita chempionatida o'zimizdan kuchsiz bo'lgan jamoa bilan to'qnash kelsak qanday o'ynashni bilmay qolishimiz mumkin. Yani birinchi raqam ostida o'ynab tayyorgarlik ko'rmaganimizdan keyin hujum qilib gol urishga qiynalamiz. SHunday ekan, O'zbekiston terma jamoasi bazida reytingda o'zidan pastda turgan jamoalar bilan ham o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazib turishi foydali.

Bugun bo'lib o'tadigan Marokash - O'zbekiston uchrashuvida vakillarimizga omad tilaymiz. Kuchli raqibni uning o'z maydonida mag'lub etishini kutamiz. SHunda hech qanday xavotir bo'lmaydi. 


Narzulla Saydullaev

Reyting: -61   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика