O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 14 mart kuni Vetnamga qarshi o'ynaydi
27 fev 2015 15:17
Yangiliklar
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 14 mart kuni Vetnamga qarshi o'ynaydi
O'zbekiston U-23 yoshlar terma jamoasi 14 mart kuni Xoshimin shahrida Vetnam terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Bangladesh mamlakati mezbonlik qiladigan U-23 yoshlar o'rtasidagi Osiyo CHempionati saralash bahslariga tayyorgarlik bosqichidan o'rin olgan mazkur uchrashuv 14 mart kuni Vetnamning Xoshimin shahrida bo'lib o'tadi.
Avvalroq O'zbekiston U-23 terma jamoasiga Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 23-31 mart kunlari Bangladeshda bo'lib o'tadigan OCH saralash E guruhida ishtirok etadi. Ushbu guruhda O'zbekiston U-23 yoshlari Bangladesh, Suriya hamda Hindiston U-23 terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar