O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
04 avg 2015 18:34
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/178624_original.jpg)
![](/upload/storage/178624_220.jpg)
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Slovakiyadagi xalqaro turnirda ishtirok etadi
2016 yilning yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi o'rtoqlik turnirida ishtirok etadigan bo'ldi.
Viktor Jalilov boshchiligidagi jamoa 27 avgustda Slovakiyaga yo'l oladi. U erda olimpiyachilar xalqaro o'rtoqlik turniri doirasida Slovakiya, Saudiya Arabistoni, Iordaniya hamda Birlashgan Arab Amirliklari olimpiya terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Takidlash kerakki, Osiyo CHempionati U-23 final bosqichi uchun qura tashlash marosimi sentyabr oyida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar