So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Saudiya Arabistoniga qarshi kechadigan bahs oldidan nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoamiz sardori Jasurbek Jaloliddinov Saudiyaga Arabistoniga qarshi kechadigan chorak final bahsidan oldin matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Avvalambor barchaga xayrli kun. Bu bosqichga qadar etib kelganimizdan xursandmiz. Ertaga qiziqarli uchrashuv bo'ladi va bahsga tayyormiz deb o'ylayman.


Jasurbek Jaloliddinov

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlariniz bilan bo'lishsangiz?

- Bosh murabbiyimiz ko'p marotaba takrorlagandek, maqsadimiz sari intilmoqdamiz. Ertangi uchrashuvga tayyoramiz.


- Jamoangizdagi hujum va himoya o'rtasidagi balans haqida nimalar deya olasiz? Ertangi uchrashuvga taxminiy rejangiz bormi?

- Saudiya Arabistoni juda kuchli. Biz ularning imkoniyatlarini o'rganib chiqdik, biz ham o'zimizning rejalarimizni tuzib chiqqanmiz. Ertangi uchrashuvda rejamiz bo'yicha harakat qilamiz.


- Ikki yil avvalgi final bahsida ishtirok etgan saudiyalik futbolchilardan bor yo'g'i ikki nafari hozirgi tarkibdan ham joy olishgan. Bizda esa yagona o'zgarish qanot himoyasida ro'y berdi. Raqib tarkibi o'zgargani biz uchun yaxshimi yoki yomon? 

- Ikki yil avvalgi Saudiya Arabistonida o'zgarishlar ko'pligini aytdim o'tgandim. Biz Saudiya Arabistoni bilan Osiyo o'yinlarida ham to'qnash keldik. Raqib futbolchilari va murabbiylarini yaxshi bilamiz. So'ngi ikki yil ichida yaxshi tajriba orttirdik deb o'ylayman. Raqibdan qo'rqish yo'q. O'z jamoamning kuchiga ishonaman.


- Guruh bosqichi davomida bir nechta futbolchilari tarkibingizga qo'shildi. Ular jamoaga qisqa vaqt ichida ko'nikib keta olishdimi?

- Legionerlarning kelishi jamoamizga yana kuch qo'shdi. Vetnamga qarshi ular maydonda harakat qilishdi va jamoaga qo'shilib ketishi muammo bo'lmadi. Ertangi uchrashuvda ular bizga yordam berishda davom etadi.


Jasurbek Jaloliddinov

- Olimpiadaga chiqish uchun terma jamoangiz uzoq vaqtdan beri tayyorgarlik ko'rmoqda. Ko'p mehnat va etibor berilgan loyiha eng qizg'in pallaga kirmoqda. Bunday muhim pallada qanchalik bosimni his etyapsizlar? 

- Faqat o'yin haqida o'ylamoqdamiz. Bosim haqida o'ylashga vaqt ham yo'q. Biz asosiy faqatgina natija ko'rsatish uchun mehnat qilmoqdamiz. Qolgan faktorlarga etibor bermayapmiz.


Jasurbek Jaloliddinov

- Ertaga Olimpiya va futzal terma jamoalarimiz bir vaqtga o'yin o'tkazishadi. Futzal terma jamoamiz kuchli raqib Eronga qarshi parketga chiqishadi. O'zbek futboli uchun muhim kunda futzalchilarimizga nima deya olasiz?

-  Futzalchi akalarimizga ham omad tilaymiz. Xudo xohlasa ikki terma jamoa ham vatanimizga yorug' yuz bilan va yaxshi natijalar bilan qaytadi.


- O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida penaltilar seriyada Qatarga yutqazgani hali xotiramizda yaxshi saqlanib turibdi. Ertangi uchrashuv oldidan penaltilar seriyasiga ham tayyorgarlik ko'rdingizlarmi? 

- Bunday muhim uchrashuvlarda har bir jihat juda muhim. Biz barcha taraflama ertangi uchrashuvga tayyormiz deb o'ylayman. Har qanday scenariyga tayyormiz.


Jasurbek Jaloliddinov

- O'tgan Osiyo kubogidagi finalda Toshkentda muxlislar bilan to'lgan stadionda o'ynagan edingiz. Hozirgi musobaqa esa boshqa mamlakatda o'tkazilmoqda. Saudiya Arabistoni Qatar mamlakatiga yaqin joylashgani tufayli guruh bosqichi bahslarida saudiyalik muxlislar stadionda juda ko'p edi. Muxlislar soni ko'pligi sizlarga bosim o'tkazmaydimi?

- Biz o'zbekistonlik muxlislarning qo'llab quvvatlashini his etmoqdamiz. Stadionda va teleekran ortidan bizni kuzatib turgan muxlislarimiz bizni duo qilishlarini so'rab qolaman. Saudiyalik muxlislar bizga bosim o'tkaza olishmaydi. Biz faqat o'yin va natija haqida o'ylayapmiz.




Reyting: +48   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика