So’nggi yangiliklar

21:21Туркча "Эл Классико". "Галатасарой" - "Фенербахче" ўйини учун таркиблар эълон қилинди  0 20:54Назорат учрашуви. "Локомотив" Грузия клубини таслим қилди, 15 ёшли боланинг голи ғалабага сабаб бўлди  2 20:12"Арсенал" "Реал" юлдузи учун 85 млн евро тўлашга тайёр  3 19:45Доку "Ливерпуль" билан ўйинда АПЛ рекордини ўрнатди  5 19:19Яна бир топ-клуб Антонига қизиқмоқда  3 18:57"Барселона" Рокени сотади. Шартнома шартлари маълум  2 18:30Владимир Бубанья: "Андижон"дан кетиш? Футболда учраб туради. "Хоразм" Суперлигада барқарор жамоа бўла олади"  2 18:09Расман: Ўзбекистон, Тожикистон ва Қирғиз Республикаси Осиё кубоги-2031 ни биргаликда ўтказиш борасида ОФКга таклиф юборди  32 17:40"Манчестер Сити"да ўйнаш осон" — Нико Гонсалес  3 17:18"Барселона" ҳимоячисини МЮга сотишга тайёр  11 16:55Эрон – Ўзбекистон учрашувига ўмонлик ҳакамлар тайинланди  11 16:35Гвардиола Ҳоланднинг жароҳати ҳақида нималар деди?  8 16:12Ўзбекистон U-18 терма жамоаси Доҳада "Aspire" академиясига қарши назорат баҳсларида қатнашади  2 15:45Ўзбекистон Кубоги гуруҳ босқичига қачон қуръа ташланади?  0 15:32УEФА президенти: "Албатта, Родри "Олтин тўп"га лойиқ эди"  67

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

O'zbekiston Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Malayziya ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng nimalar dedi? (to'liq matbuot anjumani)

U23 Osiyo kubogi 1-turidan o'rin olgan O'zbekiston - Malayziya (2:0) uchrashuvidan so'ng olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abdurauf Bo'riev matbuot anjumanida ishtirok etishdi

- O'yin haqida

- Barchaga xayrli kech. Halqimizni g'alaba bilan tabriklayman. Birinchi uchrashuvlar har doim qiyin kechadi. Bir nechta xatolar ko'zimga tashlandi va jismoniy holatimizni ham yaxshilashimiz kerak. Asosiysi g'alaba qozondik va hech kim jarohat olmadi. Bugungi uchrashuvda ko'proq gol urishimiz mumkin ham edi. Malayziya terma jamoasi ham yaxshi jamoa ekanligini isbotlay oldi. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni boshlaymiz.

Abdurauf Bo'riev

- O'yin haqida

- Bugungi g'alabamizni halqimizga bag'ishlaymiz. Raqib juda yaxshi himoyalana oldi, ammo biz raqibni zaif nuqtalarini topa oldik va g'alaba qozondik. Maqsadimiz musobaqa g'olibi bo'lish. Keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'rishni bugundan boshlaymiz.

- Terma jamoamizning qiyin uchrashuv o'tkazganini aytib o'tdingiz. Natija biz uchun yaxshi bo'ldi, ammo o'yin sifatidan o'zingiz qanchalik qoniqdingiz?

- Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Raqib jamoa zich himoyalangani sababli pozicion hujum qilishda biroz muammolarga duch keldi. Kamchiliklarni bilib oldim va ularni to'g'irlash ustida bosh qotiraman. Birinchi bahs bo'lgani sababli o'zimiz istagan o'yin namoyish eta olmadik.

- Bugungi uch ochko jamoangiz uchun qanchalik muhim edi?

- Har bir ochko suv va havodek zarur. Biz kerakli natijani qo'lga kiritdik va maqsadimizga erishdik.

- Musobaqa startidan avval ko'p muzokaralarga sabab bo'lgan legionerlarimiz musobaqada ishtirok etadigan bo'lishdi va yakuniy ro'yxatdan joy olishdi. Legionerlar ruyxatga kiritilgani sababli yakuniy tarkibdan tushib qolgan futbolchilarga ruhsat berib yuborildimi? Ular o'z klublariga jo'nab ketishdi yoki musobaqa yakuniga qadar terma jamoa bilan birga bo'lishadimi?

- Legioner futbolchilarimizga rahmat aytaman, ular o'z klublaridan javob so'rab kelishdi. Ular bilan suhbatlashganimda ular terma jamoaga yordam berishni istashayotganini aytishdi. Ularning ishtiyoqi alohida maqtovga sazovor. ro'yxatdan tushib qolgan futbolchilarga vaziyatni tushuntirishga harakat qildim. Bu sog'lom raqobat. Ular o'z klublarida yaxshi o'yin namoyish etishdi va Olimpiya terma jamoasidan chaqiruv olishdi, ammo yakuniy tarkibdan bor yo'g'i 23ta futbolchi joy olishi kerak edi. Futbolchilar yaqin orada o'z klublariga qaytishadi. Yakuniy ro'yxatdan joy olmagan futbolchilar tayyorgarlik jarayonida mehnat qilishdi va natija uchun katta hissa qo'shishdi.

- Bugungi uchrashuvning so'ngi daqiqalarida ko'p o'zgarishlarga qo'l urdingiz. Keyingi uchrashuvga futbolchilarni asradingizmi? Rotaciya qilish siz uchun qanchalik muhim?

- Har bir futbolchiga ishonch bildiramiz. Barcha futbolchilar o'yin amaliyotiga ega bo'lishga haqli. Rotaciya qilishda davom etaman. Har bir uchrashuv oldidan to'liq tiklanish juda muhim. Uchrashuvlar oralig'i juda zich bo'lgani sababli futbolchilarni tez-tez almashtirib turish kerak. Futbolchilarning holatini hisobga olgan holda asosiy tarkibni tanlaymiz

Abdurauf Bo'riev

- Guruh bosqichida ko'pgina jamoalar o'yin sifatiga urg'u bermay, asosan natija uchun harakat qilishadi. Biz uchun ko'proq natija muhimmi yoki sifatga ham etibor berish kerakmi?

- Har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Bizning maqsadimiz chempionlik. O'yindan o'yinga natijani va o'yin sifatini yaxshilab boramiz.





Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика