O'zbekiston nogiron-amputantlari Braziliyani yirik hisobda mag'lub etishdi
03 dek 2014 11:52
Yangiliklar

O'zbekiston nogiron-amputantlari Braziliyani yirik hisobda mag'lub etishdi
O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Meksikada davom etayotgan JCH-2014 bahslari guruh bosqichi 3-turida Braziliya terma jamoasini yirik 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi 2 dekabr Jahon chempionati bahslari guruh bosqichi so'nggi turida Braziliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Uchrashuvda ustunlikka erishgan O'zbekiston terma jamoasi yakunda 3:0 hisobida g'alaba qozondi va guruhda 1-o'rinni egalladi.
Eslatib o'tamiz, musobaqadagi dastlabki uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasi Ukraina ustidan 7:0 hisobida g'alaba qozongan bo'lsa, 2-turda Irlandiya ham yirik 6:1 hisobida mag'lub etilgan edi.
Eslatib o'tamiz, Mavzur Umarxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston terma jamoasi nogiron-amputantlar o'rtasida amaldagi jahon chempioni sanaladi va terma jamoa Meksikadagi Jahon chempionatida o'z unvonini himoya qiladi.
Malumot o'rnida, Meksikaning Kuliakan shahri mezbonlik qilayotgan Jahon chempionatida jami 22ta terma jamoa ishtirok etmoqda.

Fikrlar