O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi JCHga hozirlik ko'rmoqda
28 sen 2022 15:04
Yangiliklar
O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi JCHga hozirlik ko'rmoqda
O'FA matbuot xizmati amputantlar o'rtasidagi 2022 yilgi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasining navbatdagi mashg'ulotlaridan suratlarni taqdim etdi.
Eslatib o'tamiz, vakillarimiz mundialdagi ishtirokini 1 oktyabr kuni Polshaga qarshi o'yin bilan boshlaydi. Uchrashuv soat 14:00 da start oladi.
Bosh murabbiy Rustam Mehmonov musobaqada quyidagi futbolchilar xizmatidan foydalanadi:
T. Qudrat, Qudrat Sattorov, Sunnatjon Ergashev, Nuritdin Tursunov, Azizjon Azimov, Behzod Hakimov, Nizom Mamasoliev, Haydarali Tursunboev, Umideon Sirojdinov, Zafar Nosirov, Q. Qudrat, A. Umidjon, T. Ulug'bek, A. Aziz, Abdujamil SHukurov
Besh karra Jahon chempioni sanalgan O'zbekiston mazkur turnirda "E" guruhidan o'rin olgan. Vakillarimiz Polsha, Ispaniya hamda Tanzaniya terma jamoalariga qarshi bahs olib borishadi.
Fikrlar