O'zbekiston MTJning sobiq yarim himoyachisi “Aktobe”ni boshqarishga yaqin
12 jan 2020 21:00
Yangiliklar


O'zbekiston MTJning sobiq yarim himoyachisi “Aktobe”ni boshqarishga yaqin
O'zbekiston milliy jamoasining sobiq yarim himoyachisi Vladimir Maminov murabbiylik faoliyatini Qozog'istonda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda “Sport24”.
45 yoshli mutaxassis “Aktobe”da ish boshlashga yaqin. Maminovning so'nggi ish joyi “Tyumen” klubi bo'lgandi. SHuningdek, u “Lokomotiv” (Moskva), “Rubin”, “Ximki” hamda “Solyaris” jamoalarida ham faoliyat olib bordi.
Eslatib o'tamiz, Maminov O'zbekiston terma jamoasi safida 12 o'yinda qatnashib, 3ta gol urishga erishgandi.
Malumot o'rnida, “Aktobe” o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Qozog'iston chempionatida so'nggi o'rinni olib, quyi divizionga tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar