O'zbekiston MTJning Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomi malum
29 okt 2024 12:03
Yangiliklar


O'zbekiston MTJning Qatar va KXDRga qarshi uchrashuvlarida ishlaydigan hakamlar nomi malum
OFK mazkur bahslarda ishlaydigan hakamlar haqida malum qildi.
Qatar — O'zbekiston uchrashuvida koreyalik hakamlar brigadasi faoliyat olib boradi. Bosh hakam — Kim Jong Xeok, unga qanotlarda yurtdoshlari Park Kyun Yong va Jang Jong Pil yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam — CHae Sang Heop. VARda esa Kim Hi Gon faoliyat olib boradi.
Uchrashuv 14 noyabr Toshkent vaqti bilan 21:15 da “Jassim bin Hamad” stadionida start oladi.
KXDRga qarshi safar uchrashuvimiz Laos poytxati Ventyan shahrida o'tkazilishidan xabaringiz bor. Mazkur o'yinda kuvaytlik hakamlar brigadasi ishlaydi. Bosh hakam — Ahmad Al Ali, unga yurtdoshlari Alanezi Abdulhadi va Abbos Ahmad yordam beradi. To'rtinchi rasmiy hakam — Ammar Ashkanani. VARda esa Abulloh Jamali faoliyat olib boradi.
KXDR — O'zbekiston uchrashuvi 19 noyabr Toshkent vaqti bilan 17:00 da “Lao” stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar