

Ayni paytda Dubayda yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari Covid'ga navbatdagi PTSR test topshirdilar. Unga ko'ra, Ibrohimhalil Yo'ldoshevning testida musbat natija qayd etilgan. Shuni takidlash kerakki, futbolchimiz o'zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari ko'zga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirish rejalashtirilgan. Hozirda u shifokorlarning nazorati ostida yakkalangan holda karantin o'tamoqda", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.
Ma'lumot uchun, O'zbekiston terma jamoasi bugun Dubayda Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Quyida kechagi mashg'ulotdan videolavhani tomosha qilish mumkin:
Video: O'FA matbuot xizmati



