So’nggi yangiliklar

23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  15 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  72 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  10 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4

O'zbekiston MTJ yig'inni boshladi. SHomurodov, Yaxshiboev hamda Yo'ldoshev ertaga keladi Yangiliklar

O'zbekiston MTJ yig'inni boshladi. SHomurodov, Yaxshiboev hamda Yo'ldoshev ertaga keladi

Bugun ertalab O'zbekiston milliy terma jamoasining noyabr oyidagi yig'ini uchun chaqirilgan futbolchilarning yakuniy ro'yxati elon qilingan edi.

Biroz avval bosh murabbiy Srechko Katanecning yig'inoldi fikrlarini etiboringizga havola etgan edik.

Srechko Katanec: "Hujum chizig'imiz yaxshi holatda, ammo himoyada katta muammolarimiz bor"

Bugun Srechko Katanec boshchiligidagi terma jamoamiz dastlabki mashg'ulotni o'tkazmoqda. "Paxtakor" stadionida o'tayotgan mashg'ulot 17:15da start olgan.

Yig'inga chaqirilgan yakuniy ro'yxatdagilardan faqat SHahboz Umarov betob bo'lib qolgani sabab yig'inga kela olmadi.

O'zbekiston MTJ. SHahboz Umarov koronavirusga chalindi va terma jamoa ixtiyoriga kela olmadi

Umarovdan tashqari 22 nafar o'yinchi orasidan faqat Eldor SHomurodov, Jasur Yaxshiboev hamda Ibrohimhalil Yo'ldoshev bugungi mashg'ulotda ishtirok etishmadi. Ularning har uchchalasi ham terma jamoa yig'iniga ertaga kelib qo'shilishadi. 19 nafar futbolchi esa mashg'ulotda to'liq ishtirok etdi.

Bugungi mashg'ulotda ishtirok etgan futbolchilar:

Darvozabonlar: Eldorbek Suyunov ("Paxtakor"), Valijon Rahimov (AGMK), O'tkir Yusupov ("Navbahor")

Himoyachilar: Farruh Sayfiev ("Paxtakor"), Davronbek Hoshimov ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Lokomotiv"), Marlen CHobanov ("Paxtakor"), Dostonbek Tursunov ("CHuncin Lifan"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor")

Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Ikrom Aliboev ("Tejon", Janubiy Koreya), Otabek SHukurov ("Al SHarja", BAA), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Dostonbek Hamdamov ("Paxtakor"), Aziz G'aniev ("SHabab Al Ahli", BAA), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor")

Hujumchilar: Igor Sergeev ("Tobol", Qozog'iston)


Eslatib o'tamiz, Eldor SHomurodov kecha Italiya A Seriyasi 12-turi doirasida "Veneciya"ga qarshi bahs (2:3)da gol urdi va Temmi Abraxamning goliga pas berdi. Ibrohimhalil kecha Rossiya chempionati 14-turi doirasida "Axmat"ga qarshi uchrashuv (1:3)da to'liq harakat qildi. Jasur esa 6 noyabr kuni Moljova chempionati 17-turi doirasida "Zimbru" qarshi o'yin (6:0)da 59 daqiqa o'ynagan va jamoasining ikkinchi hamda beshinchi gollariga pas bergan.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика