O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida o'zgarish yuz berdi
29 avg 2020 19:25
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/589481_original.jpg)
![](/upload/storage/589481_220.jpg)
O'zbekiston MTJ yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatida o'zgarish yuz berdi
Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi 30 avgustdan 4 sentyabrga qadar Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini olib boradi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig'inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirgan edi.
CHaqiruv olgan Xusniddin G'ofurov va Bobur Abduxoliqov O'zbekiston Superligasi so'nggi tur bahslarida jarohat olganligi va yig'inda ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi.
SHu sababli ularning o'rniga Oybek Rustamov (“Qo'qon-1912”) hamda SHoxruz Norxonov (“So'g'diyona”) mashgulotlarga jalb etiladi.
Yig'in doirasida Milliy terma jamoamiz Tojikiston vakillariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3 sentyabr kuni soat 19.00 da “Lokomotiv” stadionida boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
22:50
Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya 1:2, SHomurodov tarixiy gol urdi, Nematov penaltini qaytardi 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar