O'zbekiston MTJ. Turkiyaga kengaytirilgan tarkib va yangi nomlar bilan...
05 dek 2018 15:37
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ. Turkiyaga kengaytirilgan tarkib va yangi nomlar bilan...
Argentinalik mutaxassis mazkur yig'inga 30 nafar futbolchini kengaytirilgan tarkibga kiritgan. Osiyo Kubogiga boradigan yakuniy 23talik ro'yxatdan kim o'rin olishi aynan mazkur yig'inda hal etiladi. SHuningdek, qolgan 7 futbolchi zaxira (jarohat yoki boshqa fors-major tufayli kimdir safdan chiqib qolishi mumkin) sifatida kengaytirilgan tarkibda turadi.
Xo'sh, kengaytirilgan tarkibda kimlar bor? Kuper bu yig'inga yangi nomlarni ham taklif etgan. Masalan, "Paxtakor" yarim himoyachisi Dilshod Rahmatullaevni ham Turkiyaga boradigan yig'inga jalb etadi. Aftidan Kuper markaziy yarim himoya chizig'imizdan ko'ngli to'lmayapti.

Jarohati tufayli o'tgan yig'inlarda to'liq ishtirok etolmagan himoyachi SHerzod Azamov ham terma jamoadan chaqiruv olgan.
Kuper kengaytirilgan tarkibga "Lokomotiv"dan 7 nafar futbolchi chaqirgan. Ular ichida Sardor Rashidov ham bor. Eng ko'p vakil "Paxtakor" jamoasidan chaqirilgan.
Turkiyaga 4 nafar kiper bilan boriladi. Javohir Ilyosov to'rtinchi darvozabon sifatida terma jamoadan taklif olish arafasida.
Tez orada O'FA tomonidan Turkiyaga boradigan kengaytirilgan tarkib rasman elon qilinishi kerak.
deb yozadi SHahboz Beg'amov telegramdagi o'z kanalida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar