So’nggi yangiliklar

16:07Расман: Шоҳруз Норхонов — "Қизилқум" футболчиси  2 15:25Расман: "Олимпик" собиқ футболчиси "Сурхон"га ўтди  1 15:10Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Сўнгги кунларда кимда қандай ўзгариш?  23 15:04Расман: "Арсенал" собиқ ярим ҳимоячиси АПЛга қайтди  0 14:38"Рома" ҳужумчиси фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 14:10Расман: Луис Диас – "Бавария" футболчиси  6 13:54"Насаф"га ганалик хавбек келмоқда  16 12:39"Футболчи учун жароҳатдан-да хавфли муаммо бор"  1 12:35"Камп Ноу"да чим ётқизиш ишлари бошланди  1 12:15Эрон матбуоти: Машарипов жароҳат олди  8 12:04"Нефтчи" U-20 Жаҳон чемпионатида иккита гол урган футболчи билан шартнома тузди  3 11:42Отабек Нарзуллаев — "Машъал" янги бош мураббийи  1 11:36Ўзбекистон U-21 октябрь ойида Қозоғистон U-21 билан ўйнайди  2 11:12Расман: Шаҳзод Азмиддинов - “Андижон” футболчиси  5 11:02Расман: ️Ҳамидулло Абдунабиев — ️ОКМК футболчиси  1

O'zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyi: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli" Yangiliklar

O'zbekiston MTJ sobiq bosh murabbiyi: "O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli"

O'zbekiston termasining sobiq ustozi Valeriy Nepomnyashiy milliy jamoaning JCH-2026ga chiqish ehtimoli haqida gapirdi.

"O'zbekiston yoshlar terma jamoasi so'nggi paytlarda ancha kuchayib, Olimpiadada ham qatnashdi. Mamlakatda yoshlar futboli bo'yicha ko'p ish olib borilmoqda, endi ular ulg'ayishdi – bu ish asosiy jamoada ham o'z aksini topdi. Ayrim futbolchilar allaqachon Evropada o'ynayapti – o'sha Husanov va Shomurodov. Bir tomondan, O'zbekistonning Jahon chempionatiga chiqishi hayratlanarli bo'lsa, ikkinchi tomondan, shunday bo'lishi ham kerak. Bu yaxshi ishning natijasi va ajoyib yutuq bo'ladi", – dedi 81 yoshli Nepomnyashiy.

Rossiyalik mutaxassis 2006 yilda O'zbekiston terma jamoasiga murabbiylik qilgan va futbolchilarni 6 o'yinda maydonga boshlab tushgan.

Jahon chempionati saralashi guruh bosqichining etti uchrashuvidan so'ng O'zbekiston ochkolari sonini 16 taga etkazib, "A" guruhida ikkinchi o'rinda bormoqda. Terma jamoa ertaga Eronga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o'yin 21:00 ga belgilangan.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика