So’nggi yangiliklar

11:1838 ёшли Варди нима учун фаолиятини якунлаш нияти йўқлигини тушунтирди  0 10:51Анчелоттига Бразилия термасида кимлар ёрдам бериши маълум  0 10:20Педри “Барселона“ рекордини ўрнатди  7 09:53“Реал Мадрид“ ярим ҳимояни кучайтириш учун учта футболчи номзодини кўриб чиқмоқда  3 09:22Forbes. Дунёнинг энг сердаромад спортчилар рейтинги тузилди  1 08:54Жозе Моуринью фаолиятини терма жамоада давом эттиришга яқин  3 08:23Ямал Роналду билан тенглашиб олди  12 07:55Флик мавсум ҳақида: “Мавсумдаги энг ёқимли лаҳзалар? “Реал“га қарши тўртта классико“  17 07:28Суперлига. Бугун 10-турга старт берилади  1 02:28"Барселона" - Испаниянинг 28 карра чемпиони!  58 01:42Бруну Фернандеш: "Умид қиламанки, келаси йили энг яхшиси мен бўлмайман"  0 00:55Карим Бензема ва "Ал Иттиҳод" - Саудия Арабистони чемпиони!  4 00:35Альба шартномани узайтарди  0 23:57ЛаЛига. "Атлетико" сафарда мағлуб бўлди  1 23:20Россия термаси Осиёда Аргентинага қарши ўйнаши мумкин  9

O'zbekiston MTJ "Navruz Cup"ga tayyorgarlikni boshladi + SHerzod Temirovdan intervyu Yangiliklar

O'zbekiston MTJ "Navruz Cup"ga tayyorgarlikni boshladi + SHerzod Temirovdan intervyu

O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 21 mart kuni Toshkentda "Navruz Cup" musobaqasiga tayyorgarlikni boshladi.

"Lokomotiv" stadionida o'tgan mashg'ulotdan oldin "Persepolis"ga ko'chib o'tgan SHerzod Temirov intervyu berdi.




"Persepolis"ga o'tish haqida...

— "Persepolis" Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri sanaladi. Men uchun taklifni o'ylab o'tirishga ham hojat bo'lmadi. Qoniqarli bitim taklif qilishgani, shuningdek, klub rahbariyati hamda murabbiyi xohishi bildirgani uchun jamoa safiga borib qo'shildim.

Eron klubiga moslashish qiyin bo'lmadimi? 

— Jamoadagi ko'pchilik futbolchining yoshi katta. Ular meni yaxshi qarshi olishdi hamda moslashishim uchun yordam berishmoqda. O'z o'yinim bilan ularning ishonchini oqlashga harakat qilaman.  



Terma jamoaga ilk bor legioner sifatida chaqirildingiz. Hissiyotlar qanday? 

— Terma jamoaga chaqiruvdan keyingi hissiyotlar haqida gapirishga til ojiz. Umumiy ikkinchi, legioner sifatida ilk bor chaqiruv oldim. Xudo xohlasa, ustozlarim ishonchini oqlashga harakat qilaman. 

"Navruz Cup" musobaqasidan nimalar kutyapsiz?

— Namangandagi turnirda yaxshi ishtirok etishga hamda kelgusida yurtimiz bayrog'ini yuksakka ko'tarib, terma jamoa bilan jahon chempionatiga chiqish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика