O'zbekiston MTJ. "Navbahor"dan bir futbolchi taklif etildi
30 sen 2021 17:33
Yangiliklar
O'zbekiston MTJ. "Navbahor"dan bir futbolchi taklif etildi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo kubogi saralash uchrashuvlariga puxta tayyorgarlik olib borish maqsadida 2021 yilning 3-4 oktyabr kunlari Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishni rejalashtirgan.
So'ngra mazkur yig'in 9-12 oktyabr kunlari Iordaniyaning Amman shahriga ko'chadi va termamiz u erda Malayziya va Iordaniya milliy jamoalariga qarshi xalqaro o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazishi ko'zda tutilgan.
Etiborlisi, terma jamoamizning mazkur yig'iniga Superliga so'nggi turlarini barqaror o'tkazib, muntazam ravishda darvozasi daxlsizligini saqlab kelayotgan “Navbahor” jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov ham jalb etildi.
SHu munosabat bilan mahoratli posboniga O'zbekiston milliy termasidagi faoliyatida ham omad yor bo'lishini, murabbiylar ishonchini oqlab, bosh jamoamizning asosiy darvozaboniga aylanishini tilab qolamiz", - deb yozadi "Navbahor" matbuot xizmati.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar