So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  3 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  2 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  4 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritib kelayotgan avstraliyalik murabbiy Mirko Yelichich haqida Yangiliklar

O'zbekiston milliy terma jamoasida faoliyat yuritib kelayotgan avstraliyalik murabbiy Mirko Yelichich haqida

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Mirko Yelichich tavallud kunini nishonladi. Avstraliyalik mutaxassis 55 yoshni qarshi oldi.

Yurtimizga kelguniga qadar Yangi Zelandiya, Malayziya, Xitoy terma jamoasidagi faoliyati bilan ko'pchilikka tanish bo'lgan. 2002 yil chin o'lkasida Bora Milutinovichga yaqindan ko'maklashadi. 2005 yilda milliy terma jamoamizga kelgan Yelichichning O'zbekistondagi sarguzashtlari boshlanadi. Bir vaqtning o'zida “Paxtakor”da ham futbolchilarga jismoniy jihatdan ustozlik qiladi. Malumotlarga qaraganda, u yoshligida Avstraliya ko'chalarida baykerlar bilan do'st tutingan, o'zi ham motociklda uchishni yaxshi ko'rgan. Kunlarning birida Mirko motocikli bilan falokatga uchraydi va og'ir jarohatga yo'liqadi. Qiyin va bitishi kechikib borayotgan jarohatini o'zi davolashga majbur bo'ladi. SHundan so'ng bir qator klublarda fizioterapevt bo'lib ishlaydi. 2007 yil Rauf Inileev boshchiligidagi terma jamoamiz to'rt mamlakatda o'tkazilgan Osiyo kubogida yaxshi o'yin namoyish qilgandi. O'shanda o'yinchilarni jismoniy tomonlama tayyorlash Yelichichning zimmasiga yuklatilgani, turnirga u ham olib ketilganini kichik yoshdagi muxlislar bilmas kerak. 2009 yilda esa Marat Kabaev ustozligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan taklif oldi va bo'lajak o'yinlarda Kabaevga yordamlashdi. 2009-2011 yillar oralig'ida esa Mirjalol Qosimov va Vadim Abramovning shtabida o'z lavozimida ishni davom ettirdi.



2015 yilda Toshkentning “Lokomotiv” klubi chempionlik uchun kurashda “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berib qo'yadi va “Qo'qon-1912” bilan qayd etilgan 2:2 hisobidagi durangdan so'ng Vadim Abramov istefoga chiqariladi. Mavsumdagi qolgan uchrashuvlarni esa jamoa Yelichich boshchiligida oxiriga etkazadi. 2016 yildan etiboran esa rasman “temiryo'lchilar”ning ustoziga aylandi. Aytish joizki, mutaxassis Andrey Miklyaev bilan hamjihatlikda shu yili ko'plab yutuqlarga erishadi. O'zbekiston chempionati va kubogida bosh sovrinni hech kimga bermaydi, OCHLda esa yarim final ostonasigacha etib boradi. Keyingi yillarda ham u klubning ichki chempionatda sovrinlarga ega chiqishida katta hissa qo'shadi. O'tgan mavsumning ikkinchi davrasida Samvel Babayan bosh murabbiy bo'lgach aksariyat murabbiylar qatori u ham ketishga qaror qildi. Murabbiy uzoq vaqt ishsiz qolmadi va oktyabr oyida yangilangan O'zbekiston terma jamoasiga jismoniy tayyorgarlik bo'yicha masul etib tayinlandi.

Saytimiz ijodkorlari nomidan termamiz murabbiyini o'tgan tug'ilgan kuni bilan tabriklab, eng yaxshi tilaklarimizni bildirib qolamiz.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика