O'zbekiston 14 noyabr kuni BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
18 okt 2017 15:47
Yangiliklar


O'zbekiston 14 noyabr kuni BAA bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi
O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasida imzolangan memorandum doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha muzokaralarni yakunladi.
O'yin 14 noyabr kuni BAAda o'tkaziladigan bo'ldi. O'yin bo'lib o'tadigan joy va uning vaqti haqida keyinroq xabar beriladi.
Avvalroq, O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov BAAga uyushtirgan rasmiy tashrifi davomida BAA Futbol Uyushmasi vice-prezidenti Abdulla Nosir al-Junaybiy bilan o'zaro hamkorlik to'g'risida memorandum imzolagan edi.
BAA va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi O'FF va BAA Futbol uyushmalarining memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ikkinchi ish hisoblanadi. Bungacha O'zbekiston Kubogining finalini boshqarish uchun BAAdan Muhammad Abdulla Hasan boshchiligidagi hakamlar brigadasi taklif qilingan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar