So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Сурхон" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  0 20:55Суперлига. "Андижон" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда таслим қилди  18 20:26"Сурхон" — "Қизилқум". Таркиблар маълум  0 19:53Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм" 1:2 (матнли трансляция)  3 19:46МЮ Хейлундни 30 млн фунтга сотишга тайёр  2 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  1 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3

​O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari tunda Toshkentga etib kelishdi Yangiliklar

​O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari tunda Toshkentga etib kelishdi

O'FA matbuot xizmatining ijtimoiy tarmoqdagi xabariga ko'ra, Kuper qo'lostida Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko'rayotgan bosh jamoamiz azolari tunda Toshkent Xalqaro aeroportiga etib kelishdi.

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning 15 dekabridan beri Turkiyaning Antaliya shahrida yig'in o'tkazayotgan edi. Bugun tunda terma jamoamiz azolari Antaliyadagi yig'inni yakunlab Toshkentga qaytib kelishdi.

Yig'in doirasida bitta nazorat o'yini o'tkazish rejalashtirilgandi. Ammo milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi keyinchalik bu fikrdan qaytib, turli jarohatlarni oldini olish maqsadida nazorat uchrashuvi o'tkazmaslikka qaror qilgani haqida ham xabar bergandik. Endi futbolchilarimiz 3 kun dam olishganidan so'ng, 2 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi-2019ga yo'l olishadi.

Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper quyidagi 23 nafar futbolchi bilan Birlashgan Arab Amirliklarida o'tkaziladigan qita musobaqasida yurtimiz sharafini himoya qiladi.

Darvozabonlar:
1. Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv")
12. Sanjar Quvvatov ("Nasaf")
21. O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")

Himoyachilar:

2. Akmal SHorahmedov ("Paxtakor")
3. Doston Tursunov ("R. Yamaguchi", Yaponiya)
4. Farrux Sayfiev ("Paxtakor")
5. Anzur Ismoilov ("Lokomotiv")
6. Davron Hoshimov ("Navbahor")
13. Oleg Zoteev ("Lokomotiv")
15. Egor Krimec ("Paxtakor")
20. Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")

Yarim himoyachilar:

8. Ikrom Aliboev ("Seul", Janubiy Koreya)
9. Odil Ahmedov ("SHanxay SIPG", Xitoy)
11. Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor")
14. Eldor SHomurodov ("Rostov", Rossiya)
16. Aziz Turg'unboev ("Navbahor")
17. Doston Hamdamov ("Anji", Rossiya)
18. Fozil Musaev ("Jubilo Ivata", Yaponiya)
19. Otabek SHukurov ("SHarja", BAA)
22. Javohir Sidiqov ("Qo'qon-1912")
23. Odil Hamrobekov ("Nasaf")

Hujumchilar:
7. Sardor Rashidov ("Lokomotiv")
10. Marat Bikmaev ("Lokomotiv")

Reyting: +40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика