So’nggi yangiliklar

14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  0 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  0 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  0 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  9 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  1 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  6 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  11 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0 09:51“Ньюкасл“ Жанубий Корея терма жамоаси аъзоси билан шартнома тузмоқчи  0 09:22“Бавария“га “Ливерпул“нинг икки нафар футболчиси керак  1 08:52Пролига. Бугун Тошкент дербиси бўлиб ўтади  1

O'zbekiston mezbonlik qiladigan OCHL o'yinlari qachon va qaysi stadionlarda bo'ladi? Yangiliklar

O'zbekiston mezbonlik qiladigan OCHL o'yinlari qachon va qaysi stadionlarda bo'ladi?

10 may kuni OFK rasmiy sayti OCHL SHarq mintaqasining ikkita guruh o'yinlari O'zbekistonda bo'lib o'tishi haqida xabar bergandi.

Bilasiz, G'arb mintaqasida guruh bosqichi bahslari allaqachon o'z yakuniga etgan va 1/8 finalga yo'l olgan 8ta jamoa malum bo'lib ulgurgan. Endi buyog'iga SHarq mintaqasida ham o'yinlarni o'tkazib, navbatdagi 8 klubni aniqlab olish qolyapti. 

SHarq mintaqasi guruh o'yinlarida ham 20ta jamoa kurash olib boradi. Jamoalar to'rttadan 5 guruhga bo'lingan hamda guruh g'oliblari bilan birgalikda 3ta eng yaxshi ikkinchi o'rin egalari keyingi bosqichga chiqishadi. 

Uchta guruhga Tailand mezbonlik qilsa, yana ikkita guruh bahslari bizda o'tkaziladi. Yani, OFK "H" va "I" guruhlari mezbonligini O'zbekistonga bergan.

"H" guruhi: "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya), "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Tampines Rovers" (Singapur), "Sidney FK" (Avstraliya).

"I" guruhi: "Kavasake Frontale" (Yaponiya), "Beyjing Goan" (Xitoy), "Yunayted Siti" (Filippin), Pley-off g'olibi.

"I" guruhiga chiqish uchun pley-off Janubiy Koreyaning "Tegu" va Tailandning "CHiangray Yunayted" klublari o'rtasida bo'lib o'tadi. Mazkur uchrashuv 23 iyunga belgilangan. Aytgancha, bu o'yin ham bizda bo'ladi, aniqrog'i OFK saytida o'yin "Lokomotiv" stadionida o'tkazilishi yozib qo'yilgan.  SHu o'rinda savol tug'iladi, guruh bellashuvlari qachon va qaysi stadionlarda bo'ladi? 

Bu borada malumot olish uchun yana OFK saytiga murojaat qildik. O'n kuncha oldin bizga berilgan guruh o'yinlari qachon va qaysi stadionda o'tkazilishi haqida malumot yo'q edi. Keyinchalik OFK O'FA bilan kelishgan holda o'yinlar bo'lib o'tadigan stadionlar va boshlanish vaqtlarini elon qildi. 

SHuni aytish lozim, dastlabki malumotga ko'ra, markazlashgan tartibdagi musobaqa bellashuvlarini 3ta stadionda o'tkazish ko'zda tutilgandi. Lekin OFK saytida malum qilinishicha, o'yinlarga faqat "Lokomotiv" va "Bunyodkor" stadionlari mezbonlik qiladi. Demak, OCHL bahslari "Jar" stadionida o'tkazilmaydi. 

"Lokomotiv" stadionida bo'ladigan o'yinlar:

23 iyun. 15:00. "Tegu" (J.Koreya) - "CHiangray Yunayted" (Tailand) (pley-off)

25 iyun. 21:00. "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya) - "Sidney FK" (Avstraliya)  

26 iyun. 19:00. "Kavasake Frontale" (Yaponiya) - Pley-off g'olibi

28 iyun. 21:00. "Gamba Osaka" (Yaponiya) - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya)

29 iyun. 19:00. "Beyjing Goan" (Xitoy) - "Kavasake Frontale" (Yaponiya)

1 iyul. 19:00. "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya) - "Tampines Rovers" (Singapur)

2 iyul. 19:00. "Kavasake Frontale" (Yaponiya) - "Yunayted Siti" (Filippin)

4 iyul. 21:00. "Gamba Osaka" (Yaponiya) - "Sidney FK" (Avstraliya)  

5 iyul. 19:00. "Yunayted Siti" (Filippin) - "Kavasake Frontale" (Yaponiya)

7 iyul. 21:00. "Sidney FK" (Avstraliya) - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya)

8 iyul. 19:00. "Beyjing Goan" (Xitoy) - "Yunayted Siti" (Filippin)

10 iyul. 19:00. "Tampines Rovers" (Singapur) - "Sidney FK" (Avstraliya)  

11 iyul. 19:00. "Kavasake Frontale" (Yaponiya) - "Beyjing Goan" (Xitoy)


"Bunyodkor" stadionida bo'ladigan o'yinlar:

25 iyun. 19:00. "Tampines Rovers" (Singapur) - "Gamba Osaka" (Yaponiya)

26 iyun. 19:00. "Yunayted Siti" (Filippin) - "Beyjing Goan" (Xitoy)

28 iyun. 19:00. "Sidney FK" (Avstraliya) - "Tampines Rovers" (Singapur)

29 iyun. 19:00. Pley-off g'olibi - "Yunayted Siti" (Filippin)

1 iyul. 21:00. "Sidney FK" (Avstraliya) - "Gamba Osaka" (Yaponiya)

2 iyul. 19:00. Pley-off g'olibi - "Beyjing Goan" (Xitoy)

4 iyul. 19:00. "Tampines Rovers" (Singapur) - "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya)

5 iyul. 19:00. "Beyjing Goan" (Xitoy) - Pley-off g'olibi

7 iyul. 19:00. "Gamba Osaka" (Yaponiya) - "Tampines Rovers" (Singapur)

8 iyul. 19:00. Pley-off g'olibi - "Kavasake Frontale" (Yaponiya)

10 iyul. 19:00. "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya) - "Gamba Osaka" (Yaponiya)

11 iyul. 19:00. "Yunayted Siti" (Filippin) - Pley-off g'olibi


P.S. SHunday qilib "Lokomotiv" stadioni jami 13ta, "Bunyodkor" stadioni esa 12ta o'yinga mezbonlik qiladi.

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика