O'zbekiston Liga Kubogi. Bugun Qosimov - Abramov to'qnashuvi
05 iyu 2019 10:29
Yangiliklar


O'zbekiston Liga Kubogi. Bugun Qosimov - Abramov to'qnashuvi
Bugun O'zbekiston Liga Kubogi musobaqasining 3-turidan o'rin olgan dastlabki o'yin bo'lib o'tadi.
Olmaliq shahridagi OKMK stadionida AGMK va "Bunyodkor" klublari to'qnash kelishadi. Ushbu uchrashuv soat 19:00da boshlanadi va SPORT telekanali orqali jonli namoyish etiladi.
O'zbekiston Liga Kubogi, 3-tur.
AGMK (Olmaliq) — "Bunyodkor” (Toshkent)
5 iyul 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00 (SPORT TV LIVE)
Hakamlar: SH.Nasibullaev, O.Kalaxodjaev, S.Nishonboev
Nazoratchi: B.Haydarov
Komissar: D.Imomxo'jaev
Ushbu guruhdagi vaziyat anchagina chigal. Toshkent viloyatining ikki klubi AGMK va "Metallurg" hisobida 4tadan ochko bor, "Bunyodkor"da 3. Mana shu uch klubda keyingi bosqichga chiqish imkoniyati bor. "Qizilqum" esa guruhda eng oxirgi o'rinni egallab bo'ldi. Guruhdagi ikkinchi o'yin ertaga, 6 iyul kuni Bekobodda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar