So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  0 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qura tashlash marosimi jonli ko'rsatiladi Yangiliklar

O'zbekiston Kubogining 1/8 finaliga qura tashlash marosimi jonli ko'rsatiladi

Formati o'zgartirilgan O'zbekiston Kubogining 1/8 final bosqichiga qura tashlash marosimi “Sport” telekanalida jonli namoyish etiladi.

Marosim 18 aprel kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Nega aynan 18 aprel?


O'zbekiston Kubogining 1/16 final uchrashuvlari 15-16 aprel kunlari bo'lib o'tadi. Ulardagi juftliklar, o'yinlar kuni va vaqtini mazkur havola yordamida bilib olish mumkin.

16 aprel kuni Qarshining “Nasaf” klubi CHempionlar Ligasi doirasida “Al-Vasl” (BAA) mehmoni bo'ladi. Toshkentning “Lokomotiv” klubi esa 17 aprel kuni o'z maydonida Eronning “Zob Ohan” klubini qabul qiladi.

O'zbekiston Superligasining 7-tur bellashuvlari 19 aprel kuni start oladi va 21 aprelga qadar davom etadi. PFL va “Sport” o'zaro kelishib, o'rtada bo'sh qolayotgan 18 aprelni qura marosimi uchun tanlab oldi.

Bu nima beradi?

1/8 finaldan boshlab musobaqaga “Lokomotiv”, “Nasaf”, “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublari ham qo'shiladi. Qura marosimining jonli efirga uzatilishi futbol muxlislarining qiziqishiga sabab bo'lishi katta ehtimol. Qolaversa, undagi shaffoflik O'zbekiston Kubogida ishtirok etayotgan klublarga motivaciya o'rnida xizmat qilishi mumkin.

Eski formatda jamoalar o'zlarining ehtimoliy bo'lajak raqiblari haqida bilib turgan bo'lsa, endilikda bunga yo'l qo'yilmaydi. Bunda barcha jamoa bir xil maqomda bo'lib, istalgan boshqa klubga raqib bo'lib qolishi ehtimolini kutadi.

Hozirgacha...


O'tgan vaqt davomida maqomi jihatdan 1/32 finalga teng bo'lgan o'yinlar o'tkazildi. Unga ko'ra, “Iftixor” hamda “SHerdor” klublari 1/16 final chiptasiga ega chiqishdi. 15-16 aprel kunlari bo'lib o'tadigan 1/16 final bosqichi faqatgina bitta o'yindan iboratdir. G'olibni 120 daqiqa davomida aniqlashning iloji bo'lmasa, penaltilar seriyasiga murojaat qilinadi. Mazkur bosqichda qaysi jamoa o'z uyida harakat qilishini qura belgilab bergan. Mazkur qoida yarim finalgacha o'z kuchida qoladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика