So’nggi yangiliklar

20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  3 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  0 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  3 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  4 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  6 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  5 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  9 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  2 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  15 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  1 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  6

O'zbekiston kubogi. "Qizilqum" "Orol" bilan o'ynaydi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Qizilqum" "Orol" bilan o'ynaydi

12 mart kuni oliy liga ikkinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. Taqvimga ko'ra, navbatdagi tur bahslari 31 mart - 2 aprel kunlari o'tkazilishi belgilangan.

Ammo bu futbolchilar dam oladi, degani emas. 24 va 29 mart kunlari O'zbekiston milliy terma jamoasi 2018 yili bo'ladigan jahon chempionati Osiyo mintaqasi saralash bosqichida navbatdagi o'yinlarni o'tkazadi. Unda hamyurtlarimiz dastlab Filippin futbolchilari bilan kuch sinashsa, so'ngra bahraynliklar bilan kechadigan bahsdan so'ng ikkinchi bosqich uchrashuvlarini yakunlashadi.

Milliy chempionatda yuzaga kelgan qisqa tanaffusdan unumli foydalanish maqsadida O'zbekiston Professional futbol ligasi mamlakat kubogi dastlabki bosqich va 1/16 final o'yinlarini o'tkazishni rejalashtirgan. Jumladan, musobaqaning bir uchrashuvdan iborat o'tish bosqichi 14 mart kuni bo'lib o'tdi. Unda quyidagi hisoblar qayd qilindi:

“Yozyovon lochinlari” (Yozyovon) – “Norin” (Haqulobod) - 2:0

“Orol” (Nukus) – “Xorazm” (Urganch) - 2:1

“Xotira-79” (Uychi) – “Kosonsoy” (Kosonsoy) - +:-

“Nurafshon” (Buxoro) – “G'ijduvon” (G'ijduvon) - 2:1

“Nasaf-2” (Qarshi) – “Mashal-2” (Muborak) - 1:1 (asosiy vaqtda – 0:0, qo'shimcha bo'limlarda - 1:1, pen. bo'yicha - 1:3).

“Paxtakor-2” (Toshkent) – “Lokomotiv BFK” (Toshkent) - 1:0.


Taqvimga muvofiq, O'zbekiston kubogi 1/16 final uchrashuvlari 18 mart - 20 mart kunlari bo'lib o'tadi. 

O'zbekiston kubogining mazkur bosqich bahslari ham bir uchrashuvdan iborat. Musobaqa nizomiga ko'ra, 1/8 final bosqichidan boshlab, uchrashuvlar uy - safar tizimi asosida uyushtiriladi.

Eslatib o'tamiz, agar Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ushbu bosqichda “Orol” futbolchilarini mag'lubiyatga uchratsa, quraga ko'ra 1/8 finalda "Zomin" (Zomin) – "Andijon" (Andijon) juftligi g'olibiga qarshi maydonga tushadi.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика