So’nggi yangiliklar

01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Челси" 0:1 (онлайн ҳисоб)  8 00:55Карло Анчелоттининг ўғли Бразилия клуби бош мураббийи бўлди  0 00:35Уэсли Фофана "Челси"да қолади  1 00:05"Тоттенхэм" Япония миллий терма жамоаси ҳимоячисининг трансферини эълон қилди  1 23:34"Милан" ва А Сериясининг бошқа етакчи клублари Хейлундга қизиқиб қолишди  0 23:05Жота билан собир бўлган ҳалокатнинг сабаблари бўйича экспертиза хулосаси маълум бўлди  4 22:40"Реал" "Бенфика" ҳимоячиси билан келишиб олди, клубни рози қилиш қолди  2 22:15"Рома" янги мавсум учун уй либосини тақдим этди  2 21:45ПСЖнинг икки футболчиси учун Клублар ўртасидаги ЖЧ якунланди. Хайсен эса...  12 21:25Расман: "Банияс" Акмал Мозговойни ўз футболчиси сифатида таништирди  6 21:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг ўтган ойдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади  5 20:22Тиаго Силва: "Челси" ва ПСЖдан чексиз миннатдорман"  12 19:52"Арсенал" Евро ярим финалчиси трансферини ҳал этди  5 19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  3 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  3

O'zbekiston Kubogi qanday tartibda o'tadi? Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi qanday tartibda o'tadi?

Malumki, 7-8 dekabr kunlari O'zbekiston Kubogining 1/8 final bahslari bo'lib o'tadi.

Dastavval juftliklarni esga olib o'tsak. 

7 dekabr, dushanba

ANDIJON - NASAF

BUXORO - METALLURG

QIZILQUM - BUNYODKOR

OQ-TEPA - NAVBAHOR

8 dekabr, seshanba

LOKOMOTIV - AGMK

QO'QON-1912 - SURXON

PAXTAKOR - SO'G'DIYONA

MASH'AL - SHO'RTAN

1/8 finalning dastlabki to'rtta o'yini 7 dekabr, qolgan to'rtta uchrashuv 8 dekabr kuni bo'lib o'tadi. Avvaldan malum qilinganidek, har bir bosqich bitta bahsdan iborat va yutqazgan jamoa musobaqani tark etadi. Bu tushunarli, lekin shu o'rinda ayrim savollar borki, o'quvchilarni qiziqtirmay qo'ymaydi. 

1. Agar o'yinning asosiy vaqtida (90 daqiqa ichida) durang saqlanib qolsa, qo'shimcha bo'limlar o'tkaziladimi yoki darhol penaltilar seriyasiga navbat beriladimi? 

2. Futbolchi nechta sariq kartochka olsa, keyingi bahsni o'tkazib yuboradi? Bilamizki, Superligada 4ta sariq kartochkasi bor futbolchi navbatdagi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Kubokda qanday? OCHLga o'xshab ikkita "sariq" qoidasidan foydalaniladimi yoki bizda boshqachami? 

3. Jamoalarga o'yin payti nechta futbolchi almashtirishga ruxsat beriladi? Yil boshida tasdiqlangan reglamentda asosiy vaqtda 3ta, qo'shimcha bo'limlarda esa bittadan o'zgartirishga ruxsat berilgandi. Lekin hozir vaziyat o'zgardi: Superligada o'zgarishlar soni 5tagacha qilib qo'yildi. 5ta o'zgarish Kubokda ham amal qiladimi? Va agar ekstra taymga o'tiladigan bo'lsa, jamoalarga 6-o'zgarishni amalga oshirishga ruxsat beriladimi? 

Kubok o'yinlarida har bir bosqich oldidan qura tashlanishidan xabarimiz bor, lekin tepadagi 3ta savol bevosita o'yinga bog'liq savollar bo'lib, javobini bilish har birimiz uchun qiziq. 

Balki PFL Kubok musobaqasi uchun alohida qoidalar joriy qilib klublar va hakamlarga bergan bo'lishi mumkin, lekin keng jamoatchilikka elon qilganicha yo'q. Mobodo klublar va hakamlar xabardor qilinmagan bo'lsa, unda o'yin payti albatta shunday savollar yuzaga keladi. So'ngra tushunmovchilik paydo bo'ladi. 

SHu bois o'ylaymizki, o'yinlar boshlangunga qadar PFL O'zbekiston Kubogini o'tkazish qoidalari bo'yicha rasmiy malumotni taqdim etadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика