So’nggi yangiliklar

12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  3 12:00Лунин қарор қилди  1 11:28МЮ ва "Арсенал" товон пули 85 млн евро бўлган "Интер" футболчисига қизиқмоқда  0 11:02Жасур Абдураимов Биринчи лига жамоаси бош мураббийига айланди  4 10:20"Истанбул Башакшехир" Шомуродовнинг трансфери учун қанча сарфлаши маълум  9 09:48"Насаф" қизиқаётган Ратиньонинг товон пули маълум  9 09:23"Сурхон" етакчиларидан бири иккинчи даврани "Динамо"да ўтказади  2 08:52Эшитдик-да. Ўзбекистон МТЖнинг яна бир аъзоси "Пахтакор"да  9 08:25Ўзбекистон МТЖнинг собиқ аъзоси Эрон клубига ўтишга яқин  4 07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Челси" ва "Палмейрас" ўртасидаги баҳс якунланди  17 07:44Суперлига. Бугун 15-тур давом эттирилади  3 07:15Дориевнинг дубли "Сўғдиёна"га "Қўқон-1912" устидан ғалаба тақдим этди, "Сурхон" - "Бухоро" баҳсида эса мухлислар гол кўришмади  1 02:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" "Ал Ҳилол"ни мағлуб қилиб, ярим финалга йўл олди!  41 01:50Кайл Уокер "Бернли"га ўтишга яқин  2 01:23"Комо" 19 ёшли ҳужумчи учун 14 миллион тўлади  0

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor-2" - "Nasaf" 0:6 Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor-2" - "Nasaf" 0:6

O'zbekiston kubogi chorak finali doirasidagi "Paxtakor-2" - "Nasaf" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.


                                  MATNLI TRANSLYACIYA

                                             YANGILASH

90. O'yin tugadi. "Nasaf" safarda 6:0 hisobida zafar quchdi

88. Mezbonlar jarima to'pini amalga oshirishdi, Sindarovning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

85. O'ng qanotdan Ilhom Yunusov tomonidan uzatilgan to'pni Azamat boshi bilan darvozaga yo'lladi - 0:6.

85. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:6. Azamat Allaniyazov

80. O'zgarish. "Paxtakor-2". Jasur Yaxshiboev o'rniga Dilshod Egamov tushdi

80. Xavfli vaziyat! Mezbonlarda gol urish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi, hujumchilarga aniqlik etishmadi!

77. GOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:5. Azamat Allaniyazov

74. ZARBA! Ilhom Yunusovning zarbasini darvozabon qaytardi

73. Artur Gevorkyan raqib jarima maydoni ichiga kirib borib to'pni Kenja To'raevga uzatdi, himoyachi to'pni qaytardi

70. Futbolchilarga suv ichib olish uchun vaqt berildi, kichik tanaffus

67. Yaxshiboev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi

65. O'zgarish. "Nasaf". Ilhom SHomurodov o'rniga Azamat Allaniyazov tushdi

65. O'zgarish. "Paxtakor-2". Begzod G'anijonov o'rniga Oybek Nurmatov tushdi

63. O'yin tempi tushib ketdi, jamoalar hujum qilishmayapti

58. Mehmonlarning hujumi, Azamovning oshirgan to'pini himoyachi qaytardi. Burchak to'pi noaniq amalga oshirildi

53. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:4. Ilhom SHomurodov to'rtinchi bor mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi.

52. Xavfli vaziyat! Kenjaning o'ng qanotdan uzatgan to'pini SHomurodov darvozaga yo'llay olmadi

51. Kenja To'raev va Botirali Ergashev to'qnashib ketishdi, o'yindan to'xtalish yuzaga keldi

50. Xavfli vaziyayayayayayayayayayayayayayayayayat! Begzod G'anijonov birga bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, noaniq!

48. Mehmonlar katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi

46. O'zgarish. "Nasaf". Roy Rok o'rniga Kenja To'raev tushdi

45. Birinchi bo'lim tugadi

44. Burchakdan oshirilgan to'pni Hamrobekov boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi - 0:3. 

44. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Odil Hamrobekov 0:3

43. ZARBAAAAAAAAAA! Ilhom SHomurodov yaqin masofadan gol ura olmadi

42. O'zgarish. "Nasaf". SHohruh Gadoev o'rniga Doniyor Narzullaev tushdi

40. Mo'minxo'ja Burxonovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi aniq chiqdi, O'tkir Yusupov o'z o'rnida

39. Jahongir Ahmadov raqib jarima maydoni ichida paydo bo'ldi, ammo u ham zarba berolmadi

37. "Ajdarlar" hujum qilishdi, Gevorkyan va Gadoev bir birlarini tushunishmadi. Artur yosh sherigiga tanbeh berdi

35. Mezbonlar ham bazida hujum qilishmoqda, yakuniy zarba yo'q

32. "Nasaf" hujum qilishdan to'xtagani yo'q, ketma ket hujumlar...Gadoev qulay vaziyatdan gol ura olmadi

28. O'ng qanotdan to'p jarima maydoni ichidagi Gevorkyanga oshirib berildi, Artur hotirjam tarzda ikki himoyachini aldab darvozaning uzoq burchagini aniq nishonga oldi - 0:2.

28. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:2. Artur Gevorkyan!

27. Burchak to'pidan so'ng Maqsud Karimov boshi bilan zarba berdi, darvozabon to'pni qaytardi

26. "Nasaf"ning hujumi, Gevorkyan-SHomurodov-Rok kombinaciyasini Xumoyun Azamov qaytardi.

24. Farruh Sayfievning o'ng qanotdan oshirgan to'pini SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvozabon to'pni ushlab oldi

22. ZARBAAAAAAAAAAAA! Jasur Yaxshiboev Roy Rokni ortda qoldirib jarima maydoni ichidan zarba berdi, uning erlab bergan zarbasini O'tkir Yusupov qaytardi!

21. "Nasaf"ning javob hujumi, Hamrobekovning zarbasi kuchsiz va noaniq chiqdi

20. "Paxtakor-2" futbolchilari ham hujumga etibor qaratishdi, ammo yosh futbolchilarda yakunlovchi zarba yo'q.

17. ZARBAAA! Artur Gevorkyan jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi, noaniq!

16. Gevorkyan ikki bor burchak to'pini amalga oshirdi, birinchisida Hamrobekov zarba bera olmadi, ikkinchisini himoyachilar qaytarishdi

13. ZARBAAAAAAAAAAAAA! CHap qanotdan Ilhom Yunusovning oshirib bergan to'pini SHomurodov to'xtatmay darvozaga yo'lladi, Botirali Ergashev o'z joyida

12. Ustunlik "Nasaf" tomonida, qarshiliklar tinmay hujum qilishmoqda

8. Gevorkyan burchak to'pini amalga oshirdi, endi narigi tomondan, bu safar ham noaniq to'p uzatilishi

7. Himoyadan ajoyib pas oshirildi, Ilhom to'pni egallab olib darvozaning yuqori burchagini aniq nishonga oldi - 0:1.

7. GOOOOOOOOL! 0:1. Ilhom SHomurodov

5.Roy Rok chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi, burchak to'pdan so'ng Odil Hamroboevning zarbasi noaniq chiqdi

4.Gadoev chap qanotda faol o'ynadi, ammo uni qo'llab quvvatlaydigan sherik topilmadi. Javob hujumida Sindarovning zarbasi noaniq ketdi

3. Mezbonlar vakili Jasur Yaxshiboev raqibning ikki futbolchisini aldab jarima maydoniga yaqinlashdi, himoyachilar to'pni olib qo'yishdi

2. Mehmonlar hujum tashkil etishdi. To'p darvozaga etib bormadi, o'ng qanotda Sayfiev faol o'ynagandi

1.DIQQAT O'YIN BOSHLANDI

- Jamoalar o'yinoldi mashg'ulotlarini o'tkazib bo'lishdi.

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.


18:30 - Paxtakor-2 (Toshkent) – Nasaf (Qarshi) 0:6
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), D. Karimov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent)

Gollar: Ilhom SHomurodov 7, - 0:1. Artur Gevorkyan 28, - 0:2. Odil Hamrobekov 45, - 0:3. Ilhom SHomurodov 53, - 0:4. Azamat Allaniyazov 77, 85.

"Paxtakor-2": 1.Botirali Ergashev, 2.Xumoyun Azamov, 4.Dilmurod Qodirov, 5.Mo'minxo'ja Burxonov, 6.Hojiakbar Alijonov, 8.Bilolxon Toshmirzaev, 15.Jahongir Ahmadov, 10.Jasur Yaxshiboev (7.Dilshod Egamov, 81), 18.Dian Talxatov, 22.Begzod G'anijonov (38.Oybek Nurmatov, 65), 29.Sobit Sindarov.
Zaxira: 30.Akmal Tursunboev, 34.Atham Ahmadjonov, .

"Nasaf": 30.O'tkir Yusupov, 4.Maqsud Karimov, 5.Botir Qoraev, 9.Ilhom SHomurodov, 15.Roy Rok (10.Kenja To'raev, 46), 17.Artur Gevorkyan, 22.SHohruh Gadoev (38.Doniyor Narzullaev, 41), 27.Ilhom Yunusov, 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Odil Hamrobekov, 34.Farrux Sayfiev.
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 7.Akram Baxriddinov, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.SHerzod Azamov, 41.Azamat Allaniyozov.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика