So’nggi yangiliklar

15:48Ўзбекистоннинг БАА ҳамда Қатарга қарши учрашувлари учун ҳакамлар тайинланди  2 15:48Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" 9:0 ҳисобида ютгани фойдасизми? "Насаф" 1:0 ҳисобида ютса, кейинги босқичга чиқадими?   0 15:31"Футбол олами". Водий дербисида "Нефтчи"да ғалаба, "Пахтакор"да 6:0, Қаршида жанговар дуранг ёхуд 9-тур ҳақида батафсил  0 15:20Эшитдик-да! CAFA U-17 мусобақасида Ўзбекистон U-16 терма жамоаси қатнашади  0 15:00Про лига. 6-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  0 14:39МЮ Европа Лигасидаги эҳтимолий ғалабани нишонламоқчи эмас  1 14:11Анчелоттининг ўғли "Рейнжерс"ни бошқариши мумкин  2 13:42"Ноттингем Форест" эгаси омма олдида бош мураббийга нисбатан ғазабини намоён қилди  2 13:15"Барселона" Флик ва Шенснига янги шартнома таклиф этди  6 12:48"Наполи" Де Брюйнега қанча маош беришга тайёрлиги маълум  2 12:21Австрия ва Швейцария чемпиони "Байер" бош мураббийлигига даъвогар  0 11:57ЎФА раҳбарияти Нидерландиянинг Ўзбекистондаги элчиси билан учрашди: ПСВ вакиллари билан онлайн учрашув ташкил этилиши мумкин  2 11:32U-17 Жаҳон чемпионатига қачон қуръа ташланади?  9 11:10Абдихолиқов ва Жалолиддинов ўйнаётган "Сумқайит"да бош мураббий ишдан кетди  0 10:49Гринвудга АПЛнинг иккита гранди қизиқиш билдирмоқда  3

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" Namanganda "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchratdi, saytimiz muxbiriga matbuot markazida joy topilmadi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Nasaf" Namanganda "Navbahor"ni mag'lubiyatga uchratdi, saytimiz muxbiriga matbuot markazida joy topilmadi

Coca-Cola O'zbekiston kubogi chorak final bosqichida Namanganning “Navbahor” jamoasi o'z maydonida Qarshining “Nasaf” klubini qabul qildi.

Uchrashuv dastlabki daqiqalardanoq keskin kurashlar ostida boshlandi. Birinchi bo'lim boshidanoq har ikki jamoa vakillari tashabbusni qo'lga olish uchun astoydil harakat qilishdi. 10-daqiqada mehmonlar standart vaziyatga ega bo'lishdi. Bu vaziyatda qarshiliklarning 14-raqamli futbolchisi SHarof Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi daroza ustuni yonginasidan o'tib ketdi. SHundan so'ng “Navbahor” jamoasi vakillari tashabbusni qo'lga olish uchun hujumkor o'yin namoyish eta boshlashdi. Tashkil etilayotgan hujumlarning birida mezbonlar futbolchisi Azizbek Turg'unboevning bosh bilan yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydonga qaytdi.

Uchrashuvning 18-daqiqasida “Nasaf” jamoasi vakillari burchak to'pi tepish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Burchakdan etkazib berilgan to'pni Humoyun Murtozaev boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroq uning zarbasiga aniqlik etishmadi. Oradan bir oz vaqt o'tib, aniqrog'i 24-daqiqada mehmonlar Azizbek Turg'unboevga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi. 

Jarima to'pini "Navbahor"ning tajribali himoyachisi Jahongir Mehmonov amalga oshirdi, to'p "jonli devor"ga tegib qaytdi.

30-daqiqada "Navbahor" legioneri Aleksandr Kasyan mehmonlar jarima maydoni ichida yiqilib tushdi, uchrashuv bosh hakami bu vaziyatda penalti belgilash uchun etarlicha asos yo'q deb hisobladi va o'yinni davom ettirish lozimligini ko'rsatdi.

37-daqiqaga kelib uchrashuvda hisob ochildi. Ketma-ket tashkil etilayotgan hujumlar natijasida mehmonlar "Navbahor" darvozasini ishg'ol qilishdi. Bu vaziyatda Bobur Abdixoliqov tomonidan etkazib berilgan to'pni tinib-tinchimas Humoyun Murtozaev aniq zarba bilan hisobni ochdi - 0:1. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng "Navbahor" jamoasi vakillari hisobni tenglashtirish uchun hujumkorlikni oshirdilar. 43-daqiqada yuzaga kelgan imkoniyatdan mezbonlarning 10-raqamli futbolchisi Azizbek Turg'unboev foydalana olmadi, uning zarbasiga bir oz aniqlik etishmadi.

Birinchi bo'lim 1:0 hisobida "Nasaf" jamoasining g'alabasi bilan yakunlandi.

Ikkinchi bo'lim mezbonlarning hujumkor o'yinlari bilan boshlandi. "Navbahor" futbolchilari tomonidan tashkil etilgan hujumlarni himoyadagi tartibli o'yin bilan qaytara olgan "Nasaf" vakillari qarshi hujumda ikkinchi golni kiritishlari mumkin edi. Bu vaziyatda 48-daqiqada darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borgan Humoyun Murtozaev to'pni darvozaga yo'llay olmadi, "Navbahor" posboni O'tkir Yusupov to'pni egallab olib, vaziyatni bartaraf etdi.

O'yinda hisobni tenglashtirish uchun hujumkorlikni oshirgan mezbonlar 50 va 53-daqiqalarda mehmonlar darvozasini ishg'ol etish uchun qulay imkoniyatlarga ega bo'ldilar. Ushbu vaziyatlarda "Navbahor" legionerlari Ivan Solovev va Aleksandr Kasyanlarning "Nasaf" darvozasi tomon yo'llagan zarbalariga aniqlik etishmadi.

59-daqiqada maydon egalarida hisobni tenglashtirish uchun yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Zahiradan o'yinga qo'shilgan Abdulhay Ismoilovning bosh bilan yo'llagan zarbasini qarshiliklar posboni Abduvohid Nematov egallab oldi.

Ikkinchi bo'lim so'ngiga qadar hisobni tenglashtirish uchun ketma-ket hujumlar tashkil etgan maydon egalariga shu kuni "Nasaf" darvozasiga to'p kiritish nasib etmadi. Yaratilgan hujumlar yakunida gohida zarbalarga aniqlik etishmagan bo'lsa, bazi vaziyatlarda "Nasaf" posboni Abduvohid Nematov mahorat ko'rsatib, zarbalarni qaytarib qoldi.

Uchrashuv shu tariqa qarshiliklarning kichik 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.

SHu o'rinda aytish mumkinki, uchrashuvni stadiondan yoritib borish uchun Namangandagi "Markaziy" o'yingohga borgan SA muxbiri butun uchrashuv davomida matbuot xodimlari uchun ajratilgan joyda o'rindiq topilmaganligi bois o'yinni tik turgan xolda sharhlab bordi. SHu kuni Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohning matbuot xodimlari uchun ajratilgan qismida yuzaga kelgan shovqin-suron va xayqiriqlar ostida o'yinni yoritib borish imkoniyati juda past edi. O'ylaymizki, kelgusida stadion rahbariyati matbuot xodimlari uchun ajratilgan joyda faqat matbuot xodimlari bo'lishini taminlaydilar.



Coca-Cola O'zbekiston kubogi / chorak final
22 avgust, payshanba
19:00 «NAVBAHOR» - «NASAF» 0:1
Hakamlar:
Jasur Muxtorov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Sultonmurod Ulfatov, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gol: Humoyun Murtozaev 37, - 0:1.

"Navbahor": 1.  O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (70. Abbosjon G'ulomov, 80), 9. Ivan Solovyov, 10. Azizbek Turg'unboev, 11. Aleksandr Kasyan, 15.Obid Jo'raboev, 19. Mirzohid G'ofurov, 22. Igor Golban (s), 32. Jahongir Mehmonov (16. Abdulhay Ismoilov, 57), 66.Ilhomjon Alijonov, 99.Amirbek Jo'raboev.

Zaxira: 23. Dilshod Hamroev, 4. Aziz Ibragimov, 8. SHahzod SHaymanov, 55. G'iyosjon Komilov,  77. Ayubxon Nomanov, 91. SHerzod Hakimov, 95. Nodir Mavlonov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 6. Azizjon G'aniev, 8.Dilshod Saitov (4.Husniddin Aliqulov, 90+4), 9.Humoyun Murtazoev, 10.Bobur Abduxoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 17.Doniyorjon Narzullaev (20.Islom Kenjaboev, 79), 19.Sardor Abduraimov (22.Akmal Mozgovoy, 84), 28.Xurshidbek Muxtorov, 92. Umarbek Eshmurodov (s).

Zaxira: 21.Mashhurjon Muhammadjonov, 65.Azamat Soyibov, 2.Sardor Sadullaev, 15.Jo'rabek Mannonov, 30.Xudoyorjon Sagdullaev, 34. SHerzod Nasrullaev.

Ogohlantirishlar: Aleksandr Kasyan 20, Mirzohid G'ofurov 72, Xurshidbek Muxtorov 72, Abduvohid Nematov 90.


Bekzod Tolibov




Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика