So’nggi yangiliklar

17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  0 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   0 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  0 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  2 16:07"Бухоро" Олмалиқда ОКМКни Ўзбекистон Кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 15:50Тошкентда аёл ҳакамлар учун ФИФА семинари бошланди  0 15:38Ўзбекистон МТЖ собиқ аъзоси "Шўртан" мураббийлар штабидан жой олади  3 15:16"Манчестер Сити" футболчиси сафдан чиқди  0 14:49"Бунёдкор" стадионида аёллар ўйнайди: Суперлига баҳси "Дўстлик"ка кўчди  1 14:33Қониқарсиз натижалар "Локомотив" мураббийларини лавозимидан маҳрум этди  2 14:04Қашқадарё вилояти футбол академияси футболчилари "Насаф" қароргоҳида бўлди  0 13:38"Престон" ноодатий ҳамкорликни эълон қилди  0 13:11"Истанбул Башакшеҳир" Файзуллаевга қизиқаётгани ростми?  6 12:49Осиё Кубоги-2026 саралаш босқичига қуръа ташланди: Ўзбекистон футзал термаси рақибларини билиб олди  0

O'zbekiston Kubogi. Mikael Sekeyra nukuslik muxlislar talabini qondirgan, "Loko" yoshlari o'zini ko'rsatgan o'yindan FOTOMAQOLA Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. Mikael Sekeyra nukuslik muxlislar talabini qondirgan, "Loko" yoshlari o'zini ko'rsatgan o'yindan FOTOMAQOLA

Kecha O'zbekiston Kubogining 3-turi doirasida "Lokomotiv" jamoasi Qoraqalpog'istonga safar uyushtirdi va "Aral-Samali" mehmoni bo'ldi.

Ushbu uchrashuvdan olingan to'liq fotogalereyani saytimizning maxsus bo'limi orqali ham tomosha qilishingiz mumkin. >>>>>> FOTOGALEREYA

FOTO: Mirjalol Normatov

Uchrashuvga bo'lgan qiziqish yuqori darajada bo'lganini shu ikki rasm orqali tasvirlab bera oldik, deb o'ylayman. Haqiqatdan ham, kecha stadionning to'rt tomoni muxlislar bilan o'rab olingandi. 

"Loko"ning zaxirasi. Mikael Sekeyra miks-tarkib bilan o'yinni boshlashni afzal ko'rdi.

Garchi uchrashuvda mezbonlar hisobni ochgan bo'lishiga qaramasdan, "Loko"ning yosh futbolchisi Jaloliddin Jumaboev tezda hisobni tenglashtirdi. U burchakdan uzatilgan to'pga boshi bilan zarba yo'llab, "temiryo'lchilar"ning gollar shousini boshlab berdi.

Oradan ko'p o'tmay, Azizbek Amonov ajoyib goli bilan jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.

Qoraqalpog'istonlik muxlislar tartibli muxlislik qilishdi. To'p "Loko" futbolchilariga tushganida bosim o'tkazishmadi, bosh hakam tomoniga "toshlar" otilmadi. Ular shunchaki o'yindan zavq olishdi.

Uchrashuvda "Loko"ning yosh futbolchilari ajoyib o'ynashdi. Javohir Alijonov, Jaloliddin Jumaboev, Ibrohim G'anixonov va Igor CHikrizov kabi futbolchilar mahorati raqiblarinikidan ko'proq va yaxshiroq ekanligini maydonda ko'rsata olishdi.

Ikkinchi bo'limda ham to'liq ustunlik poytaxtliklar tomonida bo'ldi. Hisob yiriklashganidan keyin muxlislar "Loko" bosh murabbiyidan SHerzod Fayziev, Temurxo'ja Abduholiqov, Diyorjon Turopov, Islom Qobilov va Marat Bikmaev kabi futbolchilarni maydonga tushirishni so'radi. Sekeyra esa ularning iltimosini erda qoldirmadi. Faqatgina Marat Bikmaev bunga qadar tizzasidan bir necha bora jarohat olgani va maydon suniy bo'lgani uchun zaxirada qoldirildi.

Uchrashuv yakunlanganidan keyin hech kim bir-biridan hafa bo'lmadi. Qoraqalpog'istonlik muxlislar futboldan zavq olishdi. Ajoyib futbol uchrashuvi "Lokomotiv" foydasiga 5:1 hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика