So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  1 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  0 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

O'zbekiston Kubogi finali oldidan qiziqarli faktlar Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi finali oldidan qiziqarli faktlar

"Paxtakor" o'z tarixida 16-marta O'zbekiston Kubogi finalida o'ynaydigan bo'ldi.

"Paxtakor" kubok finallarida eng ko'p ishtirok etgan jamoa sanaladi. Namangandagi final "SHerlar" uchun 16-bor hal qiluvchi bahsga aylanadi. "Bunyodkor" 9, "Neftchi" 7 va "Nasaf" 6 bor finallarda maydonga tushgan. Finalda ketma-ket uchta to'qnashuv dastlabki bor "Paxtakor" va "Bunyodkor" o'rtasida 2007, 2008 a 2009 yilgi finallarda kuzatilgan. Endi "Paxtakor" va AGMK ham ketma-ket uchinchi to'qnashuvda ishtirok etadi. Finallarda eng ko'p kuzatilgan qarama-qarshilik "Paxtakor" va "Neftchi" o'rtasida ro'y bergan. Bu jamoalar jami 5 marta O'zbekiston Kubogi finallarida bahs olib borishgan. "Paxtakor" - "Bunyodkor" va "Bunyodkor" - "Nasaf" esa uchtadan finallarda ro'para kelgan.

Ketma-ket finallarda ishtirok etish bo'yicha rekord "Paxtakor"ga tegishli. "Paxtakor" 2001 yildan 2009 yilgacha 9 finalda qatorasiga maydonga tushgan! Ikkinchi natija "Bunyodkor"ga tegishli bo'lib, bu klub 2007-10 yillarda qatorasiga 4 finalda o'ynagan.

Murabbiylar orasida ketma-ket uch finalda jamoasi bilan ishtirok etgan mutaxassislar orasiga SHota Arveladze ham qo'shildi. Bungacha Aleksandr Ivankov, Yuriy Sarkisyan va Ravshan Haydarov shunday ko'rsatkich qayd etishgan. Eng ko'p finallarda jamoasi bilan qatnashgan murabbiy Yuriy Sarkisyan bo'lib, u "Neftchi" bilan 7 marta final ishtirokchisiga aylangan. Mirjalol Qosimov uchun 2020 yilgi final 7-hal qiluvchi bahs bo'ladi. Viktor Jalilov 5, Ro'ziqul Berdiev 4 bor finallarda qatnashgan. SHota Arveladze 20 dekabr kuni O'zbekiston Kubogi finalida eng ko'p ishtirok etgan xorijlik murabbiyga aylanadi va uni ikki marta yutish borasida Tachmurod Agamurodovga tenglashib olishi mumkin. Hozirgacha xorijlik mutaxassislardan Leonid Ostroushko, Sergey Butenko, Tachmurod Agamurodov, Ziko va Arveladze zafar quchgan.

AGMK va "Paxtakor" ketma-ket uchinchi bor to'qnash keladigan O'zbekiston Kubogi-2020 finali 20 dekabr kuni Namangandagi "Markaziy" stadionda soat 15:00da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика