O'zbekiston kubogi finali 15:00da boshlanadi
24 okt 2018 14:06
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/459486_original.jpg)
![](/upload/storage/459486_220.jpg)
O'zbekiston kubogi finali 15:00da boshlanadi
Xabaringiz bor, O'zbekiston Kubogi finaliga AGMK hamda “Paxtakor” jamoalari yo'l olishgan.
Mamlakat kubogining hal qiluvchi o'yini 28 oktyabr kuni Farg'ona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida bo'lib o'tadi. Final uchrashuvi soat 15:00da start oladi.
Mazkur o'yinni yuqori saviyada tashkil etishga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. O'yin oldidan stadionga tashrif buyuradigan muxlislar uchun katta koncert dasturi tashkil etiladi.
Takidlash joiz, AGMK jamoasi o'z tarixida ilk marta O'zbekiston kubogi finalida maydonga tushsa, “Paxtakor” o'n to'rtinchi bora final o'yinida qatnashadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar