So’nggi yangiliklar

23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  0 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  14 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 21:16"Манчестер Сити" — "Челси". Таркиблар маълум  22 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1 18:16"Челси" "Ньюкасл"дан Италия терма жамоаси футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  2 17:50"Реал" икки юлдузидан қутулишни режалаштирмоқда  5 17:21Тунис терма жамоаси футболчиси: “Биз футболда 10 йил орқадамиз”  1 16:48Мармуш "Астон Вилла"га ўтиши мумкин  16 15:02Рамос фаолиятини Францияда давом эттириши мумкин  1

O'zbekiston kubogi. Final oldidan saytimiz xodimlarining fikrlari Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. Final oldidan saytimiz xodimlarining fikrlari

O'zbekiston chempionati yakuniga etiboq, O'zbekiston kubogiga start berildi.

8 dekabr kuni nimchorak final o'yinlari bo'lib o'tgan bo'lsa, bugun Namangandagi “Markaziy” o'yingohda musobaqaning final uchrashuvi bo'lib o'tadi. Ushbu finalda qatorasiga uchinchi yildirki, AGMK va “Paxtakor” jamoalari o'zaro kuch sinashishadi. Kecha har ikki jamoa murabbiylari o'rtasida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Saytimiz xodimlari ham final to'g'risida o'z fikrlarini bildirib o'tishdi.

Sayt bosh muharriri Narzulla Saydullaev:


Final o'z nomi bilan final. Unda hech narsani oldindan aytib bo'lmaydi. Taxminimcha uchrashuv taqdirini bitta gol hal qiladi. Bu golni qaysi jamoa ursa o'sha kubokni yutadi deb o'ylayman. Imkoniyat "Paxtakor"da ko'proq 60:40

Eng muhimi samimiy inson SHerzod Xusenov:

“Paxtakor” bilamiz kuchli jamoa, yukori formada. AGMK ga imkon koldirmaydi, agar mujiza ruy bermasa. Hisob taxminan 3:0

Fotoolamda o'ziga xos o'rin egallagan Jahongir Fayzullaev:

Bugungi o'yin ikki jamoa uchun ham juda og'ir bo'ladi deb o'ylayman. Aslida bu yil barcha jamoaga qiyin bo'ldi. Final qiziq bo'lishi mumkin, lekin agar AGMK jamoasi shu o'yinni yutib OCHLga chiqishi kerak bo'lganda chin manoda murosasiz bahs bo'lishini kutish mumkin edi. Hozirgi holatda esa AGMK mag'lub bo'lsa ham OCHLda qatnashaveradi. Bugun maydonda jang bo'lar, ammo shaxsan o'zim bunday o'yin kutmayapman. CHunki, yil oxiri, jarohatlar bo'lishi mumkin, futbolchilar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishi mumkin. Axir o'tgan yili shu vaqtda hamma o'z uyida bo'lgan. Akmal SHorahmedovdan "Qachon oxirgi bor dekabrda o'ynadingiz?" deganimda u ham eslolmadi. Qisqasi, finalda ikki jamoa vakillari ham o'zini asrab o'ynaydi, menimcha.

Kelajakda o'g'il farzandli bo'lsa ismini Odil qo'ymoqchi bo'lgan Abdulaziz Iskandarov:  

Odatda finallar oldidan taxmin qilish qiyin. CHunki bitta o'yinda har qanday voqea yuz berishi mumkin. AGMKning muxlislari jamoasidan ikki yil oldingi mo'jizani kutayotganlari aniq. "Paxtakor" kubok finaliga etib kelgunga qadar qiyinchilikka uchramadi va raqiblarini osonlikcha engdi. Olmaliqliklar esa chorak va yarim finalda yaxshigina qarshillik duch kelishdi va ko'p kuch yo'qotishdi. SHota Arveladze shogirdlari esa ajoyib sport formasida. Boz ustiga tarkibdagi yo'qotishlar ham AGMKga qimmatga tushishi mumkin. Nisbatan qisman ustunlik "Paxtakor" tomonida. Ammo yana o'sha gap final bitta o'yindan iborat va istalgan natija qayd etiladi. Ikki jamoa ham ehtiyotkorlikni o'ylasa kerak va tavakkalga qo'l urmasligini hisobga olsak katta hisob qayd etilmaydi. Birinchi bo'lib gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Taxminiy hisob 3:0 "Paxtakor" foydasiga.

Championat.asia saytining Qo'qondagi muxbiri Farhodjon Uzoqov:

Xoxlaymizmi yo'qmi bu o'yinda “Paxtakor” favorit. “Paxtakor” zahirasida ham mahoratli futbolchilarni borligi evaziga butun o'yin davomida ustunlik qila oladi. Meni taxminimcha “Paxtakor” kichik hisobda g'alaba qozonadi. Lekin Mirjalol Qosimov aytganiday bitta o'yinda har narsa bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, final uchrashuvi bugun soat 15:00 da boshlanadi.

Og'abek Samisov tayyorladi

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика