O'zbekiston kubogi. "Buxoro" yarim finalda!
28 iyu 2016 20:55
Yangiliklar
O'zbekiston kubogi. "Buxoro" yarim finalda!
Uchrashuvning birinchi bo'limida tomonlar raqib darvozasini ishg'ol qila olishmadi. Bahsning 58-daqiqasida hisobni mezbonlar ochishdi. Salamat Qutiboev gol urdi - 1:0.
79-daqiqada mezbonlar ikkinchi bor mehmonlarni ranjitishdi. SHavkat Salomov bu safar to'p kiritdi - 2:0. Ikki o'yin natijasiga ko'ra "Buxoro" 3:1 hisobida g'alaba qozonib yarim finalga yo'l oldi.
"Buxoro" (Buxoro) - "Qo'qon-1912" (Qo'qon) 2:0
28 iyul 2016 yil. Buxoro. "Buxoro" stadioni. 19:00
Hakamlar: D.Pislegin, A.Usmonov, O.Jumaev, SH.Rajabov.
Nazoratchi: A.Klepikov
Gollar: Salamat Qutiboev 58, - 1:0. SHavkat Salomov 79, - 2:0.
"Buxoro": Sardor Qobuljonov, Salamat Qutiboev, SHavkat Salomov, Sanat SHixov, Artyom Filiposyan, Jasur Hasanov, Aleksandr Merzlyakov, Boburjon Omonov (Maksimilian Fomin, 85), Anvar Rajabov (Suhrob Nematov, 88), Alisher Sanoev, Ruslan Melziddinov.
Zaxira: Muhiddin Xudoyorov, Nozim Umarov, Jamoliddin Ubaydullaev, Bahodir Pardaev, Asilbek Omonov.
"Qo'qon-1912": Aziz Ashurov, Jalil Kimsanov (Avaz Mamatxo'jaev, 45+2), Otabek Zokirov, Nosir Otaqo'ziev (Bahodir Akramov, 75), Maruf Zokirjonov, Doston Tursunov, Abdulloh Olimov, Iqbol Malikjonov, Nodirbek Yo'ldoshev (Sobir Hamidov, 65), Suhrob Berdiev, Javohir Sidiqov.
Zaxira: Ruslan Matniyozov, Orif Mamajonov, Ibrohim Rahimov.
Ogohlantirishlar: Maruf Zokirjonov 87
Birinchi o'yin: 1:1
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar