So’nggi yangiliklar

16:11U-20 Осиё Кубоги. Ўзбекистон илк турда Яманни қийинчилик билан мағлуб этди  76 15:48"Андижон" Чехия жамоасидан енгилди  2 15:27Криштиану Роналду йилнинг энг юқори даромадли спортчиси деб топилди  5 15:01Эшитдик-да! "Олимпик" футболчиси легионерга айланди  2 14:29"Барселона" ҳимоячиси билан янги шартнома имзолайди  4 14:00U-20 Осиё Кубоги. Ироқ КХДР билан муроса кўчасини танлади  0 13:45Англия терма жамоасининг собиқ устози Саутгейт китоб чиқаради  1 13:21Ўзбекистон стадионга етиб келди!  4 12:34U-20 Осиё кубоги. Порлаши кутилаётган футболчилар  3 12:10Саудия Арабистони элчиси ЖЧ-2034да спиртли ичимликларга рухсат берилмаслигини айтди  0 11:46Месси Adidas компаниясининг янги бутсасини тақдим этди  8 11:25«Челси»нинг асосий футболчиларидан бири камида 1 ойга сафдан чиқди  6 11:10U-20 Осиё кубоги. Терма жамоалар ҳақида фактлар  3 10:59U-20 Осиё кубоги олдидан. Жамолиддин Раҳматуллаев: "Бу ёшдаги жамоа кўп нарсага қодир, улар чемпионликни ҳимоя қила олади"  1 10:48«Ливерпуль» тарихида бундай ҳолат 113 йилдан сўнг илк бор содир бўлди  11

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" qo'shimcha bo'limlarda penaltidan urilgan gol evaziga "Bunyodkor"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. "Paxtakor" qo'shimcha bo'limlarda penaltidan urilgan gol evaziga "Bunyodkor"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'l oldi

O'zbekiston kubogi chorak finalidan o'rin olgan so'nggi uchrashuv yakunlandi.

Bunyodkor

O'zbekiston Kubogi. 5-tur

15/08/2024, 19:30

1
:
0
Tugadi

Paxtakor

SHahzod Azmiddinov - 101'

45'
90'
120'
39'  Andriya Filipovich
45'  Amir To'raqulov
60'  Mirzhahon Mirahmadov (Luis Kachorri)
60'  Itsuki Urata (Ahmadillo Muqumjonov)
60'  Luis Kachorri
70'  Franye Chiryak (SHahboz Jo'rabekov)
70'  Andriya Filipovich (Muzaffar Olimjonov)
79'  Amir To'raqulov (Rasul Yo'ldoshev)
98'  Ahmadillo Muqumjonov
104'  Rasul Yo'ldoshev
106'  Usmonali Ismonaliev (Temurxo’ja Abduxoliqov)
112'  Temurxo’ja Abduxoliqov
18'  Abdurauf Bo'riev
21'  Ibrohim Ibragimov (Diyor Xolmatov)
52'  Umar Adhamzoda
72'  Dostonbek Hamdamov (Ulug'bek Hoshimov)
72'  Doniyor Abdumannopov (Otabek Jo'raqo'ziev)
96'  Dragan CHeran (Kimi Merk)
101'  SHahzod Azmiddinov
106'  Umar Adhamzoda (Muhammadrasul Abdumajidov)
106'  Sardor Sobirxo’jayev (Behruz Asqarov)
120'  Kimi Merk

O'zbekiston kubogi
1/4 final
15.08.2024, 19:30
"Bunyodkor" – "Paxtakor" 0:1
"Bunyodkor" stadioni, Toshkent
Bosh hakam
: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov
VAR: Asker Najafaliev
AVAR: Ruslan Serazitdinov
Zaxira hakami: Doston Rahmonov
Nazoratchi: Oleg Dachev
Komissar: Zoxir Akramxonov

Gol: 0:1 — 101, SHahzod Azmiddinov (penalti).

"Bunyodkor" — 13.Hamidullo Abdunabiev, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo'ldashov, 8.Frane CHiryak (7.SHahboz Jo'rabekov, 70), 14.Mirjahon Mirahmadov (74.Luis Kachorri, 60), 22.Usmonali Ismonaliev (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 106), 23.Asadbek Rahimjonov, 25.Itsuki Urata (65.Ahmadullo Muqumjonov, 60), 41.Andriya Filipovich (77.Muzaffar Olimjonov, 70), 57.Amir To'raqulov (10.Rasul Yo'ldoshev, 79), 66.Azizbek To'lqunbekov.
Zaxira: 1.Marin Lyubich, 17.Ollabergan Karimov, 93.Aleksandr Zevadinov.

"Paxtakor" — 12.Vladimir Nazarov, 3.SHahzod Azmiddinov, 4.Abdulla Abdullaev, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 9.Ibrohim Ibragimov (8.Diyor Xolmatov, 21), 10.Dragan CHeran (40.Kimi Merk, 96), 17.Dostonbek Hamdamov (99.Ulug'bek Hoshimov, 72), 22.Umar Adhamzoda (55.Muhammadrasul Abdumajidov, 106), 23.Abdurauf Bo'riev, 27.Sardor Sobirxo'jaev (2.Behruzbek Asqarov, 106), 33.Doniyor Abdumannopov (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 72).
Zaxira: 35.Pavel Pavlyuchenko, 11.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 77.Dilshod Saitov.

Ogohlantirishlar: Abdurauf Bo'riev (18), Andriya Filipovich (39), Amir To'raqulov (45+3), Umar Adhamzoda (52), Luis Kachorri (60), Ahmadullo Muqumjonov (98), Rasul Yo'ldoshev (104), Temurxo'ja Abduxoliqov (112), Kimi Merk (120).

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" O'zbekiston kubogi yarim finaliga yo'l oldi.

120. To'rtinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

116. Merk raqib posboni bilan birga-bir vaziyatda darvozani ishg'ol qila olmadi. Qolaversa, "Paxtakor" futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolgan ekan. 

112. Abduxoliqov hakamga etiroz bildirgani uchun ogohlantirildi. U jamoadoshini raqib futbolchilari jarima maydonida yiqitganini shikoya qildi.

109. Merk raqib jarima maydoniga kirib borib, sherigiga pas berdi, ammo raqib himoyachilar  vaziyatni uqib olishib, hujumni bartaraf etdi.

106. To'rtinchi bo'lim boshlandi. Ikki jamoada o'zgarishlar sodir bo'ldi.

Taym yakunlandi.

105. Uchinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

104. Yo'ldoshev ogohlantirildi.

101. GOL! Azmiddinov penaltini aniq amalga oshirib, "Paxtakor"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

99. "Bunyodkor" darvozasi tomon penalti belgilandi. Yo'ldoshev o'z jarima maydonida qo'l bilan o'ynadi deb topildi.

98. Muqimjonov ogohlantirildi.

96. "Paxtakor" tarkibida o'zgarish amalga oshirildi.

92. Adhamzodaga tibbiy yordam ko'rsatildi, u raqib hujumini qaytarishda zarbaga duch keldi.

91. Uchinchi bo'lim boshlandi.

Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlandi. Navbat qo'shimcha bo'limlarga.

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi.

87. Jo'raqo'zievni sherigi qulay vaziyatga olib chiqishga harakat qildi, ammo "Paxtakor" vingeri to'pga ulgurmadi.

83. "Bunyodkor"ning hujumi o'yindan tashqari holat sababli oxiriga etmay qoldi.

79. "Bunyodkor"da so'nggi o'zgarish ro'y berdi.

78. Kachorri tovoni bilan gol urishga urinib ko'rdi, ammo muvaffaqiyatsiz yakunlandi.

76. Xavfli vaziyat! Adhamzodaning kuchli zarbasini Abdunabiev qaytardi. Mehmonlar navbatdagi hujumda yana bir xavfli zarba yo'lladi, Jo'raqo'zievning urinishiga biroz aniqlik etishmadi.

74. Xavfli vaziyat! Sobirxo'jaevning xavfli zarbasidan so'ng raqib posboni to'pni qaytarib qoldi.

72. "Paxtakor"da ham ikki o'zgarish amalga oshirildi.

70. "Bunyodkor" yana ikki o'zgarishga qo'l urdi.

69. Xolmatovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasini Abdunabiev egallab oldi.

68. "Paxtakor"da standart vaziyat yuzaga keldi. Xolmatovning uzatmasini raqib himoyachilari barataraf etishdi.

65. Hamdamovning bosh bilan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

60. "Bunyodkor" ikki o'zgarishga qo'l urdi. Kachorri hakam ruxsatisiz maydonga tushib ketgani uchun ogohlantirildi.

59. Hujum qilish navbati meg'monlarga keldi, biroq jarima maydoniga uzatilgan to'p Abdunabievning qo'llariga kelib tushdi.

56. Xavfli vaziyat! "Bunyodkor"da yaxshi hujum yuzaga kelgandi, ammo Filipovichning raqib jarima maydoniga uzatgan to'pga Mirahmadov eta olmadi.

52. Adhamzoda raqib futbolchisiga nisbatan keskin harakat qilgani uchun ogohlantirildi.

51. Maydon markazida Xolmatovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Taym yakunlandi.

45+4. Xavfli vaziyat! Hamdamovning pasidan so'ng Sobirxo'jaev juda yaqin masofadan aniq zarba yo'llay olmadi.

45+3. Amir To'raqulov raqib futbolchisini hujum qilayotgan chog'i ushlab to'xtatgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

45+2. Dastlab Xolmatov, keyinroq Abdumannopov "Bunyodkor" darvozasi tomon noaniq zarba yo'lladi.

45. Birinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berishdi.

45. Xavfli vaziyat! "Paxtakor" futbolchisi burchakdan jarima maydoniga, oyoqlari ostiga uzatilgan to'pga zarba yo'llay olmadi.

39. Abdullaev "Bunyodkor" futbolchisi bilan to'qnashib ketishi natijasida tibbiy yordam olishga ehtiyoj sezdi. Filipovich esa ogohlantirildi.

36. Xavfli vaziyat! Abdumannopovning chap qanotdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

32. Xavfli vaziyat! Adhamzodaning zarbasi ancha xavfli ko'rinish oldi, uning urinisha raqib himoyachisiga tegib, darvoza ustuni yonginasidan o'tib ketdi.

27. Futbolchilar chanqoqlarini qondirishmoqda.

24. Xolmatovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi.

21. "Paxtakor"da o'zgarish: Ibragimov o'ringa Xolmatov maydonga tushirildi.

21. Xavfli vaziyat! "Bunyodkor" tezkor qarshi hujum tashkil etdi, Urataning yakuniy zarbasiga aniqlik etishmadi.

19. Xavfli vaziyat! CHiryak "Paxtakor" jarima maydonidan zarba yo'lladi, ammo uning urinishiga aniqlik etishmadi.

18. Bo'riev Filipovichga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.

14. Ibragimovning o'ng qanotdan uzatmasi noaniq ko'rinish oldi.

11. Xavfli vaziyat! CHeran 1 metr masofadan bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qila olmadi! Serbiyalik hujumchi Hamdamov uzatgan to'pga oyog'ini qo'ya olmadi.

10. Adhamzoda chap qanotdan uzatma amalga oshirdi, biroq Abdunabiev to'pga peshvoz chiqdi.

8. Xavfli vaziyat! Mirahmadov raqib posboni bilan deyarli birga-bir vaziyatga chiqib borgandi, biroq Abdullaev uning zarbe berishiga to'sqinlik qildi.

7. Mezbonlarda yana bir standart yuzaga keldi, biroq "Bunyodkor" futbolchilari hujumda qoidabuzarlik sodir etishdi.

3. CHap qanotdan oldinga borayotgan Urata Hamraliev tomonidan qo'pollik evaziga to'xtatilgani sababli "Paxtakor" darvozasi tomon jarima zarbasidan mezbonlar unumli foydalana olmadi. 

1. Uchrashuv boshlandi.

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Bunyodkor" to'q binafsharang, "Paxtakor" oq rangli liboslarda harakat qiladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика