So’nggi yangiliklar

13:39"Бавария" 2025 йил ёзида Симонс билан шартнома имзоламоқчи  1 13:14Мбаппе ёки Винисиус — пенальти ва жарима зарбаларини ким тепади?  1 12:48Расман: Ромеу "Жирона"га қайтди  2 12:22Танташев кеча олган жароҳати туфайли Элит ОЧЛ плей-офф учрашувида ишлай олмайди  5 12:15Мареска "Челси" нима учун Галлахерни сотишга мажбурлигини тушунтирди  0 11:55"Футбол олами". Суперлигада иккинчи давра старт олди  1 11:03Футзал. ЖЧ-2000. Ўзбекистоннинг дастлабки уриниши, 29 та гол ўтказган мезбон ҳамда бир ўйинда икки дарвозабонидан айрилиб, учинчи посбон билан Бразилиянинг гегемонлигига чек қўйган чемпион ҳақида ҳикоя қиламиз  0 10:34«Тоттенхэм» 75 миллионга ҳужумчи сотиб олади  2 10:02«Ньюкасл» Англия терма жамоаси аъзосини 70 миллион еврога сотиб олади  8 09:31Давид де Хеа фаолиятини Европанинг ТОП-5 чемпионатида давом эттиради  3 09:03Карло Анчелотти Беллингемнинг ҳаракатидан норози? Нега?  6 08:35Хулиан Альварес фаолиятини «Атлетико»да давом эттиради  9 08:08Федерико Кьеза фаолиятини Италиянинг бошқа бир топ клубида давом эттириши мумкин  2 07:40Бугун Ўзбекистон кубогининг чорак финалига старт берилади  5 07:17Бугун тўрт нафар ўзбекистонлик спортчи Париж Олимпиадасида қатнашади   4

O'zbekiston kubogi-2018. Ashurmatov finalda “sherlar”ni jilovlay oladimi? Yangiliklar

O'zbekiston kubogi-2018. Ashurmatov finalda “sherlar”ni jilovlay oladimi?

28 oktyabr kuni 2018 yilgi O'zbekiston kubogi musobaqasining final uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Farg'onadagi “Istiqlol” stadionida Toshkentning “Paxtakor” va Toshkent viloyatining AGMK klublari to'qnash kelishadi.  SHota Arveladze va Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib boradi.

"Paxtakor" klubi o'z tarixida 14-marta mamlakat kubogi finalida o'ynaydi. "SHerlar" shu kunga qadar 11 bor O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan va bu borada mutloq rekordchi hisoblanadi. Jamoa ikki marta finalda yutqazib qo'ygan.

O'zbekiston kubogi finalida ikkinchi bor Toshkent viloyati jamoasi o'ynaydi. 2000 yilda poytaxt viloyatining "Do'stlik" klubi hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etib, kubokni qo'lga kiritgandi.



AGMK finalga chiqqan hisob bo'yicha 15-klubga aylandi. O'z vaqtida hal qiluvchi bahsda o'ynagan "Do'stlik", MHSK, "Traktor" va "Yangier" klublari hozirgi kunda yo'q bo'lib ketgan. Finalda o'ynagan "SHo'rtan", "Dinamo" va "Mashal" klublari bu yilgi mavsumni PRO-ligada o'tkazishmoqda.

"Paxtakor" 7 yillik tanaffusdan so'ng kubok finalida o'ynaydi. Jamoa so'nggi bor 2011 yilda hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etgandi.

O'zbekiston kubogi finali ilk bor vodiyda bo'lib o'tadi. SHu kunga qadar mamlakat kubogi finali Samarqand, Toshkent, Olmaliq va Jizzax shaharlarida o'tkazilgan. Farg'ona hal qiluvchi bellashuvni o'zida qabul qiladigan beshinchi shaharga aylanadi.

AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov futbolchi sifatida besh marta O'zbekiston kubogini qo'lga kiritgan. Unda ham futbolchi, ham murabbiy sifatida kubokda zafar quchish imkoniyati bor. Bunday natijaga shu kunga qadar faqat Mirjalol Qosimov erishgan.



MURABBIYLAR FIKRI


SHota Arveladze: "Oldindan bashorat qilishni yoqtirmayman. Final bitta o'yindan iborat. Biz birinchi bo'lib hal qiluvchi bahsga yo'llanma oldik, bundan xursandman. Finalda nima bo'lishini endi ko'ramiz".

Baxtiyor Ashurmatov: "Murabbiy sifatida hech qachon finalga chiqmagandim, jamoa futbolchilarning ko'pchiligi ham oldin finalda o'ynashmagan. "Paxtakor" juda kuchli jamoa. Bunday imkoniyat har doim ham bo'lavermaydi. Finalda futbolchilarda qo'shimcha kuch paydo bo'lishi aniq. "Paxtakor" bilan ham xuddi shunday jangovor o'yin namoyish etamiz degan umiddamiz".



STADION HAQIDA
“Istiqlol” stadioni 20000 tomoshabinga mo'ljallangan bo'lib, 2015 yili foydalanishga topshirilgan. Stadionning ochilishi yuqori saviyada bo'lishi uchun O'zbekiston yoshlar terma jamoasining Yangi Zelandiyaga qarshi o'tkazgan o'rtoqlik uchrashuvi aynan ushbu stadionda tashkil etilganini muxlislar yaxshi eslashsa kerak.

SHu yil O'zbekiston olimpiya terma jamoasi mazkur stadionda Keniya olimpiya terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazgan edi.


O'quvchilarimiz etiboriga klublarning finalga qadar bosib o'tgan yo'llarini eslatib o'tamiz.

AGMK

(Kubokdagi to'purarlar: Zafar Polvonov 2ta, Otabek Zokirov, Yovan Jokich, Kamoliddin Murzoev, Vladimir Bubanya, Jasur Hasanov, Muzaffar Muzaffarov)
Olmaliqning AGMK klubi musobaqani 1/16 finaldan boshladi. Ushbu bosqichda PRO-liganing "Norin" jamoasiga qarshi bahs taqdirini Polvonovning urgan yagona goli hal qilgandi.

Keyingi bosqchida AGMK jiddiyroq raqib "Nasaf" bilan to'qnash keldi. Birinchi taymning o'zida ikkita gol urgan mezbonlar yakunda 2:1 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l olishdi.

Etiborlisi AGMK dastlabki uchala bosqichni ham o'z uyida o'tkazdi. Bunda albatta qurada jamoaning omadi kelgani bilan bog'lash mumkin. CHorak finalda olmaliqliklar juda qiyin o'yin o'tkazishdi. PRO-liga ishtirokichisi bo'lgan "Mashal"ga qarshi bahsda hisobda ortda qolayotgan jamoa so'nggi daqiqalarda muvozanatni tiklashdi. Qo'shimcha taymlardagina ikkita gol urib yarim finalga yo'l olishdi.

Yarim finaldagina Ashurmatov jamoasi safarda o'ynadi xolos. Toshkentda “Bunyodkor” bilan kechgan bahsda olmaliqliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonib o'z tarixida ilk bor finalga chiqishdi.



"Paxtakor"
(Kubokdagi to'purarlar: Tiago Bezerra 4ta, Jasur Hakimov 2ta, Jasur Yaxshiboev 2ta, Bahrom Abdurahimov, Doston Ibrohimov, Egor Krimec, Igor Sergeev, Dilshod Rahmatullaev, Ismoil Gonsalvesh, Jaloliddin Masharipov)
"Paxtakor" O'zbekiston kubogiga 1/8 finaldan qo'shildi. Bu bosqichda jamoa Oltiariqning "Iftixor" klubi mehmoni bo'lishi kerak edi. Ammo PRO-liga jamoasi uy stadioni talabga javob bermagani uchun bahs Toshkentda "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tdi. Uchrashuvda "sherlar" 6:0 hisobida zafar quchishdi.

CHorak finalda SHota Arveladze shogirdlariga jiddiyroq raqib to'g'anoq bo'ldi. Bu amaldagi kubok sohibi "Lokomotiv" edi. Biroq bu uchrashuvda ham "Paxtakor" raqibini yirik hisobda taslim qildi - 4:0.

"SHerlar" yarim finalni Qo'qonda o'tkazishdi. Ko'pchilik bu o'yinda “Paxtakor” qiynalishini kutgandi, biroq bunday bo'lmadi. Ilk daqiqadayoq urilgan gol mehmonlarning ruhini ko'tarib yubordi. Ketma-ket gollar urgan “Paxtakor” yakunda 5:2 hisobida g'alaba qozonib hal qiluvchi bahsga yo'l oldi.



AGMK

Bosqich

“Paxtakor”

"Norin" 1:0 (uyda)

1/16 final

-

"Nasaf" 2:1 (uyda)

Nimchorak final

"Iftixor" 6:0 (safarda)

"Mashal" 3:1 (uyda)

CHorak final

"Lokomotiv" 4:0 (uyda)

“Bunyodkor” 2:1 (safarda)

Yarim final

“Qo'qon-1912” 5:2 (safarda)

 

Narzulla Saydullaev

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика