So’nggi yangiliklar

00:58Трент АПЛга қайтиши мумкин  1 00:39Саудия Арабистони. "Ал Насср" Роналдусиз иккинчи ўйинда ҳам ғалабага эришди  7 00:11Пеп Гвардиола: "Ливерпуль" ўзгача жамоа бўлиб қолаверади"  2 23:47"Реал" вингери сафдан чиқди  6 23:24"Ал Насср" футболчиси "Зенит"га ўтмоқда  2 22:59Роналду "Ал Иттиҳод"га қарши ўйнашга тайёр бўлган  12 22:30Хамес Родригеснинг янги жамоаси эълон қилинди  2 22:09Расман: Абдуқодир Ҳусанов - "Манчестер Сити"да ой футболчиси!  20 21:40"Мундиалда фақатгина ютамиз, ҳеч нарса йўқотмаймиз" – Фабио Каннаваро билан катта интервью  6 21:01Тажрибали футболчи фаолиятини "Манчестер Юнайтед"да якунламоқчи  3 20:37Назорат ўйини. “Бунёдкор” Россия клубига мағлуб бўлди  1 20:09ОКМК Россия жамоаси устидан ғалаба қозонди  4 19:57Ўзбекистон футзал терма жамоаси мураббийлар штаби истеъфога чиқарилди  22 19:35"Металлург" голларга бой ўйинда "Локомотив" U-21'дан устун келди  1 19:23"Барселона" Левандовскига янги шартнома таклиф қилмоқчи  7

O'zbekiston Kubogi. 1/8 final. “Nasaf” - “Paxtakor” uchrashuvi oldidan Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. 1/8 final. “Nasaf” - “Paxtakor” uchrashuvi oldidan

Teglar :  NasafPaxtakor
“Nasaf” 30 may seshanba kuni O'zbekiston Kubogi 1/8 finalining javob uchrashuvida “Paxtakor”ni qabul qiladi.

Xabaringiz bor, 22 may kuni Toshkentda bo'lib o'tgan dastlabki uchrashuvda “ajdarlar” 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

Uchrashuv G'uzor shahridagi, “G'uzor” markaziy stadionida soat 18:30da boshlanadi.
 
O'zbekiston Kubogi-2017. 1/8 finali javob uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) - “Paxtakor” (Toshkent)
30.05.2017. “G'uzor” markaziy stadioni. 18:30da
Bosh hakam:
Zokir Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumaev, Ruslan Samandarov (barchasi -Navoiydan)
Zaxira hakami: Komiljon Rasulov (Qashqadaryo vil.)
Nazoratchi: Rashid Aytekov (Toshkent).
Dastlabki uchrashuv: “Paxtakor” – “Nasaf” 0:3

Mazkur jamoalar O'zbekiston Kubogi bahslarida 15 marta tuqnash kelishgan.  Ularning 4 tasida “Nasaf”, 6 tasida “Paxtakor” zafar quchgan. 5 uchrashuvda durang qayd etilgan. Jamoalar kubok finallarida ham ikki marta, 2003 va 2011 yillar o'zaro hisob-kitob qilishgan.

“Nasaf” va “Paxtakor” jamoalari O'zbekiston Superkubogida ham bir marta kuch sinashishgan. Bu uchrashuv o'tgan yili Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida bo'lib o'tgan. Unda jamoamiz 1:0 hisobida ustun kelgan.

Mazkur jamoalar bu yilgi O'zbekiston  Kubogi bahslarining 1/8 finalida tuqnash kelishdi. Yuqorida aytganimizdek, 1/8 finalining dastlabki uchrashuvida “Nasaf” raqibini 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Javob uchrashuvi ham juda qiziqarli va keskin bo'lishi turgan gap. Bunga sabablar talaygina. “Paxtakor” jamoasi dastlabki uchrashuvdagi hisob tasodif ekanligini isbot qilishga urinsa, “Nasaf” bu yilgi kubok bahslarida ham o'z oldiga jiddiy maqsadlarni qo'yganligini isbotlash uchun maydonga tushadi. Albatta, bu yilgi kubok uchun kurashda, keyingi bosqichga chiqish uchun jamoamizda imkon ko'proq.

Umuman olganda bu uchrashuvdan ko'proq muxlislar yutishadi. CHunki, bu jamoalar o'rtasidagi hoh chempionat, hoh kubok uchrashuvlari bo'lsin, doimo murosasiz va kurashlarga boy tarzda o'tgan.

SHunday ekan klubimiz muxlislariga, qiziqarli uchrashuvni o'tkazib yubormang deb, qolamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика