So’nggi yangiliklar

16:31"Манчестер Юнайтед" юлдуз хавбекини сотиб юбормоқчи  1 15:51Алькантара "Барселона"дан кетди. Собиқ хавбек Фликнинг штабида бир ой ишлади  3 15:18Вазиятларга бой ўтган учрашувда "Сўғдиёна" Тошкентдан ғалаба билан қайтди ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Жейдон Санчо АПЛ грандига ўтиши мумкин  2 14:30ОФК Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор"нинг гуруҳ босқичидаги рақиблари аниқланди  37 13:06Июнда Қозоғистон терма жамоаси бош мураббийи этиб тайинланган Черчесов клуб билан шартнома имзолашга яқин?!  8 12:22ОЧЛ-2. "Насаф" гуруҳ босқичидаги рақибларини билиб олди  20 11:45Мактоминей – итальян грандини мақсади. Клуб МЮ хавбекининг агенти билан музокаралар олиб бормоқда  1 11:11Ўзбекистон кубоги. "Бунёдкор" - "Пахтакор" 0:1  2 10:46"Манчестер Сити" "Реал" футболчисига 150 миллион евро таклиф қилди  5 10:18Эрик тен Хаг АПЛнинг 1-тури олдидан: "Биз тайёр эмасмиз, аммо..."  11 09:47Миср терма жамоаси ҳимоячиси наркотик таъсирида полициячини автомобилда уриб, ўлдирди  7 09:19Футзал. Бугун терма жамоамиз амалдаги жаҳон чемпионларига қарши баҳс олиб боради  4 08:51"Аякс" ва "Панатинаикос" пеналтилар сериясида берилган зарбалар сони бўйича еврокубоклар рекордини ўрнатди  7 08:20Тошкент дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни Ўзбекистон кубогидан чиқариб юборган баҳсдан ГАЛEРEЯ  2

O'zbekiston kubogi. 1/8 final. Bugungi barcha o'yinlar yakunlandi Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. 1/8 final. Bugungi barcha o'yinlar yakunlandi

Bugun mamlakat kubogi 1/8 final uchrashuvlari javob o'yini doirasidagi 6ta uchrashuv o'tkazildi.


O'zbekiston kubogi. 1/8 final
Javob uchrashuvlari. 
21 may (shanba)

Uchrashuvning 11-daqiqasida mehmonlar hujumchisi Oleksandr Pishur hisobni ochdi. Oradan 6 daqiqa o'tgach maydon egalari hujumchisi Nosir Otaqo'ziev hisobni tenglashtirdi - 1:1. O'yinda boshqa gol urilmadi va ikki o'yin natijasiga ko'ra "Qo'qon-1912" chorak finalga chiqdi.

16:30 - QO'QON-1912 (Qo'qon) – Navbahor (Namangan) 1:1
Hakamlar:
B. Namozov (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: G. Imamov (Toshkent).
Gollar: Oleksandr Pishur 11, - 0:1. Nosir Otaqo'ziev 17, - 1:1.
"Qo'qon-1912": Ruslan Matniyozov, Mirjalol Qurbonov, Jalil Kimsanov, Bahodir Akramov, Otabek Zokirov, Nosirbek Otaqo'ziev, Aziz To'xtaboev, Dostonbek Tursunov, Orifjon Mamajonov, Ilya Ilin, Abdulloh Olimov.
Zaxira: G'ayratjon Hasanov, Navro'zbek Alimov, Sardor Qahhorov, Furqat Hasanboev, Alisher Ziyovuddinov, Oybek Rustamov, Aybek Nurbaev.

"Navbahor": Alibek Turobov, Xayrulla Karimov, Akram Baxriddinov, Obid Jo'raboev, Anvar Rajabov, Azam Aliev, Sardor Azimov, Igor Golban, Tohir SHamsiddinov, Alibobo Rahmatullaev, Oleksandr Pishur.
Zaxira: Aleksandr Korneychuk, Nodir Mavlonov, Mo'ydin Mamazulumov, SHohjahon Abbosov, Vladislav Pavlenko, Qahramon Mahamadjonov, Azizbek Turg'unboev.

Dastlabki uchrashuv:
1:0



Uchrashuvning 25-daqiqasida Islombek Isoqjonov hisobni ochdi - 1:0. Oradan ko'p o'tmay Samandar SHodmonov gol urib hisobni tenglashtirdi - 1:1.

Ikkinchi bo'limda Ibrohim Rahimov mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi - 2:1. O'yinning 79-daqiqasida Boburjon Akbarov farqni ikkitaga oshirdi - 3:1. Uchrashuv mana shu hisob bilan tugadi va "Andijon" ikki o'yin natijasiga ko'ra chorak finalga yo'llanma oldi.
 
17:00 - ANDIJON (Andijon) – Qizilqum (Navoiy) 3:1
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), F. Yormuhamedov (Toshkent), B. Bahromov (Toshkent), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Gollar: Islombek Isoqjonov 25, - 1:0. Samandar SHodmonov 29, - 1:1. Ibrohim Rahimov 69, - 2:1. Bobur Akbarov 79, - 3:1.
Andijon: 46. Xurshid Xodjaev, 3. Davron Tursunov, 6. Ibrohim Otaxonov (s), 7. Alisher SHog'ulomov, 13. Rustam Azamov, 14. Islombek Isoqjonov, 24. Ibrohim Rahimov, 27. Rabbimjon Hasanov, 77. G'ulom O'runov, 84. Nemanya Yovanovich, 89. Boburjon Akbarov.
Zaxira: 12. Nodirjon Ashurmatov, 2. Tursunboy Husanov, 4. Azamat Isroilov, 10. Anvar Berdiev, 11. Abdumalik Abdullaev, 26. Baxtiyor Qosimov, 70. Solohiddin Solohiddinov.

Qizilqum: 1. Erkin Jabborov, 5. Georgiy Kvesieshvili, 7. Sarvar Xolmatov, 8. Akmal Rustamov (S), 9. G'ayrat Jumaev, 14. Fayzulla Qambarov, 18. Samandar SHodmonov, 23. SHerali Jo'raev, 27. Ilhom Yunusov, 91. Elyor Akbarov, 98. Bekzod G'anijonov.
Zaxira: 22. Artyom Makosin, 11. Bobur Mamirov, 70. Nodirxon Kamolov, 71. Sobir Usmonxo'jaev, 90. Ruslan Iskandarov.

Dastlabki uchrashuv:
2:2
 

Uchrashuvning 9-daqiqasida mehmonlar himoyachisi Ergash Ismoilov hisobni ochdi. 26-daqiqada Ayubxon No'monov ikkinchi bor mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi - 0:2.

33-daqiqada Yaroslav Martinyuk hisobni qisqartirdi - 1:2. Birinchi bo'lim tugashiga 5 daqiqa qolganida Farhod Tojiev hisobni tenglashtirdi - 2:2.

70-daqiqada Jasur Hakimov "Metallurg"ni oldinga olib chiqdi - 2:3. SHunday qilib "Metallurg" chorak finalga chiqdi.

18:00 - Olmaliq (Olmaliq) – METALLURG (Bekobod) 2:3
Hakamlar:
N. Qosimov (Qarshi), R. No'monov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: I. Rahimov (Andijon).
Gollar: Ergash Ismoilov 9, - 0:1. Ayubxon No'monov 26, - 0:2. Yaroslav Martinyuk 33, - 1:2. Farhod Tojiev 40, - 2:2. Jasur Hakimov 70, - 2:3.
"Olmaliq": Umid Xonimqulov, Saidkomil Akbarov, Abduqahhor Hojiakbarov, Evgeniy Gogol, Arslonmurod Omonov, Yaroslav Martinyuk, Farhod Tojiev, Zohir Pirimov, Muhammad Isaev, Ro'zimboy Ahmedov, Diyor Turopov.
Zaxira: Roman Abdulov, Rahmatullo Berdimurodov, Doniyor Ismoilov, Dilshod Jo'raev, Sunnatilla Abdullajonov, Ruslan Vagapov, Nikita Pavlenko.

"Metallurg": Zafar Safoev, Hikmat Hoshimov, Ayubxon No'monov, Farhod Namozov, Jasur Hakimov, Mirg'iyoz Sulaymonov, Ergash Ismoilov, Murodjon Toshmatov, Islom Qobilov, Jahongir Abdumo'minov, Saidjon Abdujabborov.
Zaxira: Suhrobjon Sultonov, Dilmurod Karimov, Davronbek Karimqulov, Zohid Abdullaev, Ulug'bek Xudoyberdiev, Muhammadodil Qahramonov, SHoxnazar Norbekov.
Dastlabki uchrashuv: 0:1


O'yinning 11-daqiqasida SHorahmedovning pasidan so'ng Nurmatov boshi bilan gol urib hisobni ochdi - 1:0. Birinchi bo'lim tugashiga 4 daqiqa qolganida Akrom Komilov kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 1:1.

Ikkinchi bo'lim boshida SHomurodovning pasidan so'ng Sato Minori gol urdi - 2:1.  Bu g'alaba "Bunyodkor"ni chorak finalga chiqishiga etarli bo'ldi.

19:00 - BUNYODKOR (Toshkent) - Obod (Toshkent) 2:1
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Kalinin (Qarshi), A. Burov (Buxoro), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
Gollar: SHahzodbek Nurmatov 11, - 1:0. Akrom Komilov 41, - 1:1. Sato Minori 48, - 2:1.
"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Akmal SHorahmedov (C), 3.Akrom Komilov, 7.SHaker Zuagi, 9.Minori Sato, 10.Eldor SHomurodov, 11.SHahzodbek Nurmatov, 17.Dostonbek Hamdamov, 22.Rustam Ashurmatov, 29.Otabek SHukurov, 30.Yurica Bulyat
Zaxira: 45.Akbar To'raev, 6.Anvar G'ofurov, 14.Bahodir Nasimov, 16.Dilshod Ahmadaliev, 19.Zabihillo O'rinboev, 71.Aleksandr Alempievich, 77.Viktor Karpenko.

"Obod":
91.Davron Jo'raqulov, 2.Abror Xusinov, 4.Xurshid G'iyosov, 6.SHerzod Jalilov, 8.Doniyor Hasanov (S), 9.Pavel Solomin, 10.Alisher Azizov, 11.SHoxruz Norxonov, 14.Akbar Xodjaev, 18.Sanjar To'raqulov, 23.Javlon Iskandarov.
Zaxira: 12.Dilshod Xamroev, 3.Ilhom Komilov, 7.Javohir Qahramonov, 13.Umid Matmusaev, 19.Abbos Ikromov 20.Alisher Mirzaev 22.Islombek Ismoilov

Dastlabki uchrashuv:
2:2

 

Uchrashuvning 17-daqiqasida Zafar To'raev chap qanotdan oshirib bergan to'pini SHahboz Erkinov himoyachilar orasidan darvozaga yo'lladi - 0:1. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "Mashal" chorak finalga chiqdi.

19:00 - So'g'diyona (Jizzax) – MASH'AL (Muborak) 0:1
Hakamlar:
V. Agishev (Toshkent), D. Sarsenov (Nukus), B. Kannazarov (Nukus), B. Yulcharaev (Guliston)
Nazoratchi: G. Karimov (Toshkent).
Gol: SHahboz Erkinov 17, - 0:1
"So'g'diyona": Muzaffar Abdullaev, Elyor Oripov, Murod Xolmuhammedov, Sanjar Rashidov, Muzaffar Muzaffarov, Farrux SHotursunov, Sarvar Jo'raev, Akmal Xolmurodov, Qahramon Bahodirov, Bobir Qosimov, Sardor Sobirxo'jaev.
Zaxira: Timur G'aniev, Sobir Hamidov, Suhrob Qobilov, Akmal Abdurahmonov, Timur Hakimov, Sanjar Rihsiboev, SHahzod Karimov.

"Mashal": Javohir Ilyosov, Iskandar SHoyqulov, Humoyun Murtazoev, Jamshid Hasanov, SHahzod SHaymanov, Mirzohid G'ofurov, SHahboz Erkinov, Siroj Hamroev, Ixtiyor Toshpo'latov, G'ulom Haydar G'ulomov, Avaz Agaliev.
Zaxira: Botir Nosirov, Zohir Qo'ziboev, Abbos SHodmonov, Tursunmurod Hamdamov, Dilyaver Abibullaev, Zafar To'raev, SHohjahon Qilichev.
Dastlabki uchrashuv: 1:1


Qarshidagi o'yinning 62-daqiqasida mezbonlar hujumchisi Bobur Abduxoliqov hisobni ochdi - 1:0. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va "Nasaf" chorak finalga chiqdi.

19:30 - NASAF (Qarshi) – Neftchi (Farg'ona) 1:0
MATNLI TRANSLYACIYA
Hakamlar:
A. Risqullaev (Toshkent), SH. Fayziev (Jizzax), S. Hakimov (Samarqand), K. Rasulov (Qarshi)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
Gol: Bobur Abduxoliqov 62, - 1:0
“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Ildar Mamatkazin, 6.Aziz G'aniev, 7.SHuhrat Muhammadiev, 9.Ilhom SHomurodov, 17.Artur Gevorkyan, 19.Deyan Bolevich, 20.Erkin Boydullaev, 23.SHerzod Azamov, 27.Islom Rashidxonov, 45.Bobur Abduholiqov.
Zaxira: 25.Eldor Suyunov, 8.Sirojiddin Qo'ziev, 14.SHarof Muhitdinov, 16.Dilshod Xushbakov, 38.Doniyorjon Narzullaev, 42.Najmiddin Normurodov.

“Neftchi”: 1.O'tkir Yusupov, 2.Sardor Qulmatov, 6.Baxtiyor Yoqubov, 7.Mansur Saidov, 8.Umid Qodirov, 9.SHerzod Hakimov, 15.Xusniddin G'ofurov, 18.Javoxirbek Rasulov, 22.Alisher Samatov, 26.Otabek Isroilov, 32.Jahongir Mehmonov.
Zaxira: 35.Abdumavlon Abdujalilov, 10.Murod Bobojonov, 25.Ibrohim Numonov, 44.Islomjon Toshpo'latov, 46.Xurshidbek Asqaraliev, 51.Abduqodir Ortiqov, 52.Abrorbek Ismoilov.
Dastlabki uchrashuv: 4:1

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика