So’nggi yangiliklar

02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  0 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:34"Интер" — "Болонья". Таркиблар маълум  0 00:31"Реал Сосьедад" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  43 00:21ПСЖ — "Париж". Таркиблар маълум  2 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

O'zbekiston kubogi. ¼ final. “Temiryo'lchilar” dastlabki uchrashuvni Muborakda o'tkazadilar Yangiliklar

O'zbekiston kubogi. ¼ final. “Temiryo'lchilar” dastlabki uchrashuvni Muborakda o'tkazadilar

Teglar :  LokomotivMashal
Bugun O'zbekiston kubogi ¼ finalidan o'rin olgan “Mashal” – “Lokomotiv” uchrashuvi bo'lib o'tadi. Mazkur o'yin Muborakda soat 19:00da boshlanadi.

Ushbu uchrashuvga qadar O'zbekiston kubogida mezbonlar “Mashal” uch uchrashuvda maydonga tushgan bo'lsalar, “Lokomotiv” ikkita o'yin o'tkazgan.

Muborakliklar bu yilgi Kubok bahslarini “Mashal 2” jamoasiga qarshi o'yin bilan boshlaganlar. Bu uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagan va “Mashal” penaltilar seriyasida omadliroq bo'lib 1/8 finalga yo'l olgan. 1/8 finalda Xomyakov shogirdlari Jizzaxning “So'g'diyona” klubi to'sig'idan ikki uchrashuv natijasiga ko'ra o'tib ( “Mashal” – “So'g'diyona” 1-1 va “So'g'diyona – “Mashal”  0-1)Toshkentning “Lokomotiv” klubiga duch keldilar.

Toshkentliklar esa O'zbekiston kubogi o'z ishtiroklarini 1/8 finaldan boshladilar. “Temiryo'lchilar”ga raqib sifatida musobaqa setkasida Andijonning “Uz-Dong-Ju” klubi ro'baro keldi. Ikki uchrashuv yakunlariga ko'ra (“Uz-Dong-Ju” – “Lokomotiv” 1-4 va “Lokomotiv” – “Uz-Dong-Ju” 9-0) raqibini tor-mor etdi.

Bu ikki jamoalar 2016 yil futbol mavsumida O'zbekiston CHempionati bahslarida o'zaro maydonga tushgan va ushbu uchrashuvda “temiryo'lchilar” raqibi muborakliklarni 3-1 hisobida mag'lub etganlar. Gollarni Server Jeparov, Sardor Mirzaev va Temurxo'ja Abduholiqovlar kiritgan. Yagona javob to'pini SHaxzod SHaymanov uchrashuv so'ngida kiritishga muvaffaq bo'lgan.

O'zbekiston Kubogi. ¼ final
Birinchi uchrashuv.
“Mashal” (Muborak) – “Lokomotiv” (Toshkent)

5 iyul 2016. Muborak.
Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 19:00

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика