So’nggi yangiliklar

12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Челси", "Ман Сити", "Ливерпуль", "Реал" ва бошқалар  0 11:51"Атлетико" "Бавария" ярим ҳимоячиси Горецкага қизиқиш билдирмоқда  0 11:29"Насаф": Абдувоҳид Неъматов билан шартнома узайтирилди  4 10:44Уэйн Руни Жуд Беллингем ҳақида фикр билдирди  0 10:16Сака "Арсенал" тарихидаги энг кўп маош оладиган футболчига айланади  0 09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  1 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  3 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  5 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  4 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1

O'zbekiston Kubogi. 1/4 final juftliklari xususida Yangiliklar

O'zbekiston Kubogi. 1/4 final juftliklari xususida

Teglar :  O'zbekiston Kubogi
Bugun O'zbekiston Kubogining chorak final uchrashuvlariga start beriladi.

Kun tartibidan ikkita o'yin o'rin olgan. "Qo'qon-1912" o'z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilsa, "Paxtakor" Toshkent derbisida Lokomotiv bilan kuch sinashadi. Ertaga yana ikkita bellashuv bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Kubokning chorak final uchrashuvlari bitta o'yindan iborat.

18 sentyabr. “Qo'qon-1912” – “Qizilqum”
Mazkur ikki jamoa O'zbekiston Kubogi tarixida 1992 yil ilk marta to'qnash kelgan. Qiziq tomoni, o'sha yili har ikki jamoa boshqa nomda ishtirok etgan. Qo'qonliklar “Temiryo'lchi”, navoiyliklar esa “Progress” nomi bilan. 1/16 finalda kuzatilgan to'qnashuvda qo'qonliklar ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozonishgan. Zarafshon shahrida o'tgan bahsda hisob ochilmagan, Qo'qonda esa 2:1 hisobi qayd etilgan. Bahrom Hakimov bosh murabbiyligida ko'hna shahar jamoasi finalga qadar etib borgan.

18 sentyabr. “Paxtakor” – “Lokomotiv”
Bu ikki jamoa 2014 yil O'zbekiston Kubogi yarim finalida o'zaro to'qnash kelgan. "Temiryo'lchilar" o'z maydonida 1:0 hisobida g'alaba qozongan. “Paxtakor” stadionidagi uchrashuv esa 2:2 hisobida yakun topgan.

19 sentyabr. AGMK - "Mashal"
2008 yil mazkur jamoalar aynan 1/4 bosqichda to'qnash kelishgan. Muborakda o'tgan bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Olmaliqda esa Igor SHkvirin jamoasi xuddi shu hisobda zafar quchgan. Qo'shimcha taymlarda omad Olmaliq shahri jamoasiga kulib boqqan. Yakuniy hisob – 3:1.

19 sentyabr. "Andijon" – "Bunyodkor"
Bu jamoalarning O'zbekiston Kubogi bahslarida ilk to'qnashuvi 2007 yil chorak finalda yuz bergan. “Quruvchi” nomi ostidagi "qaldirg'ochlar" har ikki o'yinda zafar quchishgan. Toshkentda 3:0 va Andijonda 1:0. 2010 yil bu jamoalar yana 1/4 finalda uchrashishgan. Toshkentda 4:1, Andijonda 3:1 hisobida poytaxtliklar g'alaba qozongan.

Baxtiyor SHirinov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика