O'zbekiston Kubogi 1/16 finalida o'zgarish
16 mar 2017 12:18
Yangiliklar


O'zbekiston Kubogi 1/16 finalida o'zgarish
O'zbekiston Kubogi 1/16 final bahslaridagi ikki juftlikning o'yin o'tkazish joyi o'zgardi.
Unga ko'ra, “Xorazm” (Urganch) – “Navbahor” (Namangan) hamda “Orol” (Nukus) – “So'g'diyona” (Jizzax) klublari o'rtasidagi uchrashuvlar Urganch hamda Nukusdagi stadionlar tayyor emasligi bois, Namangan (25 mart) hamda Jizzax (26 mart)ga ko'chirildi.
O'zbekiston Kubogi 1/16 finalidan o'rin olgan “Nurafshon” (Buxoro) hamda “Paxtakor” (Toshkent) o'rtasidagi o'yin esa, “Paxtakor” klubidan bir necha nafar futbolchi milliy terma jamoaga chaqirilgani bois, 24 martdan 10 aprel kuniga ko'chirildi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar